Kimyo kafedrasi



"Kimyo" kafedrasi 2024 yil 307 Institutning 2024 yil 30 avgustdagi 307-sonli buyrug‘iga asosida ikkita kafedra, ya’ni "Umumiy kimyo" va “Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedralari birlashishi natijasida tashkil etildi.

“Umumiy kimyo” kafedrasi tarixi

“Umumiy kimyo” kafedrasi institut Ilmiy Kengashining 2022 yil 5 sentabrdagi ___-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘lib, umumkasbiy fanlardan bakalavriat (sirtqi, kunduzgi va kechki) ta’lim yo‘nalishlarining 1, 2 kurs talabalariga o‘quv mashg‘ulotlari olib borilgan. Kafedra Oliy ta’lim muassasalarining kafedralarida ish yuritish tizimini takomillashtirish yuzasidan vazirlik tomonidan tavsiya qilingan yo‘riqnoma bo‘yicha faoliyat olib borgan.

Kafedrada kelajak avlodga ta’lim berish jarayonida ilg’or xorijiy tajribalarni qo’llash va amaliyotga tadbiq qilishni jadallashtirish, o‘quv mashg‘ulotlarini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlaridan foydalangan holda olib borish hamda fanlardan o‘quv dasturlarini takomillashtirishdan iborat. Dars mashg’ulotlarini ishlab chiqarish bilan bog`lash, shu bilan birga xorijiy adabiyotlar va zamonaviy asbob-uskunlardan foydalanishni o`rgatish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun: ularni bilim olishga, sport bilan shug’ullanishga, o‘z ustida ishlashga, zamonaviy texnologiyalar yutuqlaridan maqsadli foydalanishga, ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga undash, ishlab chiqarish korxonlari bilan amaliyot o’tashni takomillashtirishdan iborat bo‘lgan.

“Umumiy kimyo” kafedrasi O‘rta Osiyo jumhurriyatlarida kimyo fanining dastlabki targ‘ibotchilaridan biri bo‘lgan professor A.M. Rostovskiy tashabbusi bilan Toshkent Politexnika institutining “Kimyo-texnologiyasi” fakulteti qoshida tashkil etilgan. Dastavval bu kafedra “Umumiy kimyo” kafedrasi deb nomlangan. Kafedra tashkil qilinganda unga dastlab V.A.Novikovga (1935), so‘ngra professorlardan N.L.Karavayev, X.R.Raximov, X.R.Rustamov, dotsentlardan X.B.Medinskiy, Y.I. Ibroximov, K.A. Azamov, prof.F.Q.Qurbonov mudirlik qilishgan. 1978 yilda kafedra “Umumiy va noorganik kimyo” kafedrasi deb nomlangan va kafedra mudiri etib prof. A.X.Ismoilov tayinlangan. Keyinchalik prof.Q.A.Axmerov, dos. A.Jalilovlar, 2011 yildan boshlab kafedraga dos. O.Sh.Qodirov, A.A.Abduraximov, A.Abdusalomov, prof. A.S.Sidikov, dost. A.A.Nabiyevlar faoliyat yuritishgan.

Institutning 2020 yil 27 iyuldagi 396-sonli buyrug‘iga asosan “Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” va “Umumiy va noorganik kimyo” kafedralari birlashtirilib, “Noorganik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi tashkil etilib, kafedra mudiri lavozimiga t.f.b.f.d (PhD)., dots. A.A.Nabiyev tayinlandi. 2022 yilning 5 sentyabr sanasidan “Umumiy kimyo” kafedrasi nomi bilan qayta tuzildi. Bu kafedrada hozirgi kunda “Organik kimyo” va “Umumiy va noorganik kimyo” umumta’lim fanlari bo‘yicha institutning barcha yo‘nalishlari talabalariga bilim berib kelinmoqda. Kafedra mudiri lavozimida t.f.b.f.d (PhD)., dots.  A.A.Nabiyev 2022-2024 yillar faoliyat yuritdi.

Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi tarixi

“Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi TKTI ning 2010-yil 30 noyabrdagi Ilmiy Kengashining 3-sonli qarori va institut rektorining 2010-yil 13 dekabrdagi 233-sonli buyrug‘iga binoan qayta tashkil etildi. 1991-yilgacha sobiq Toshkent Politexnika institutining kimyo texnologiya fakulteti tarkibida “Fizik-kolloid kimyo” va “Analitik kimyo” kafedralari mustaqil umumta’lim kafedralari sifatida faoliyat olib borgan.

“Analitik kimyo” kafedrasi 1939-yil prof. V. Novikov rahbarligida tashkil etilgan va birinchi kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. Kafedrani 1944-yildan 1969-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Fan va texnika arbobi, kimyo fanlari doktori, prof. A.L. Markman, 1970-1988 yilgacha dots. K.Z. Raxmatullayev, 1988-1992 yilgacha dos. Sh.Yu. Azimov, 1992-1996 yillarda prof. N.P. Ismoilov, 2003-2005 yillar mobaynida mazkur kafedrani prof. R. Ro‘ziyev boshqarishdi. “Fizik kimyo” kafedrasiga 1951-1988 yillarda akademik Rustamov H.R rahbarlik qilgan. 1988-1995 yillarda kafedraga prof. Qurbonov F.Q rahbarlik qilgan. 1985 yildan boshlab  ”Kolloid kimyo“ kafedrasiga atrof-muhitni muhofaza qilish mutaxassisligi qo‘shilib “Kolloid kimyo va atrof-muhitni muhofaza qilish” kafedrasi deb nomlandi unga porf. Satayev I.K rahbarlik qildi.  1992 yillarda prof. Raxmonberdiyev G‘.R kafedra mudiri lavozimida tayinlandi. 1994 yilda “Fizikaviy kimyo” va “Kolloid kimyo” kafedralari qayta birlashtirilib “Fizkolloid kimyo” kafedrasi deb nomlandi. 1998 yilda “Fizkolloid kimyo” kafedrasiga Organik kimyo kafedrasi qoshilib “Fizkolloid va organik kimyo” kafedrasi deb nomlandi. 2001 yildan dots Hasanov B.H, keyinchalik prof. Sidiqov A.S va dots. Jalilov A kafedra mudiri bolib ishlagan.  2005-2010 yillarda rahbarlik qilgan. prof. Sharipov H.T kafedraga rahbarlik qildi. 2010 yilda “Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi tashkil etildi unga kafedra mudiri prof. Nurullayev Sh.P tayinlandi. 2012-2019 yillarda dots. Talipova H.S kafedra mudiriligini olib bordi. 2019-2020 yillarda dots. Safarov Yo.T kafedra mudiriligini olib bordi. 2020-2022 yillarda  Institutning 2020 yil 27 iyuldagi 396-sonli buyrug‘iga asosan “Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” va “Umumiy va noorganik kimyo” kafedralari birlashtirilib, “Noorganik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi tashkil etilib, kafedra mudiri lavozimiga t.f.b.f.d (PhD)., dots. A.A.Nabiyev tayinlandi. 2022 yil “Noorganik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasi ikkiga ajratilib, Umumiy kimyo kafedrasiga (unga kafedra mudiri dots. A.A.Nabiyev tayinlandi) va “Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” kafedrasiga bu kafedrada 2022-yildan 2024 yilgacha k.f.d., prof. D.A. Xandamov mudir vazifasida faoliyat olib borgan. 2024 yil Institutning 2024 yil 30 avgustdagi 307-sonli buyrug‘iga asosan “Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo” va “Umumiy kimyo” kafedralari birlashtirilib, “Kimyo” kafedrasi tashkil etilib, kafedra mudiri lavozimiga t.f.b.f.d (PhD)., dots. A.A.Nabiyev tayinlandi.

Ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlaridan foydalangan xolda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish hamda fanlardan o‘quv dasturlarini takomillashtirishdan iborat. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, talabalarni bilim olishga, o‘z ustida ishlashga, zamonaviy texnologiyalar yutuqlaridan maqsadli foydalanishga, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga undash, shaxsni tarbiyalash, rivojlantirish va tarbiyalash.

Kafedraning o‘quv faoliyati.

Kafedra institutning barcha ta’lim yо‘nalishlariga: 60720100-Oziq-ovqast texnologiyasi, 60720200-Yog'lar, efir moylar parfyumeriya kosmetika mahsulotlar texnologiyasi, 60710100-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘icha), 60710200-Biotexnologiya, 60720300-Vinochilik texnologiyasi, bijg'ish mahsuaalotlari alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi, 60720100-Oziqovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi) 60720500-Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlar texnologiyasi, 60720400-Konservalash texnologiyasi, 60112400-Professional ta'lim, 60411200-Menejment (kimyo va aoziq-ovqat), 60710500-Energetika (kimyo va oziq-ovqat sanoati), 60711400-texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (kimyo va aoziq-ovqat sanoati), 60720600-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi bakalavriat ta’lim yо‘nalishlarining 1 va 2 kurs talabalariga “Umumiy kimyo”,“Kimyo-1,2 ”, “Umumiy va anorganik kimyo”, “Organik kimyo -1,2”, “Analitik kimyo” va “Fizikaviy kimyo” va “Kolloid kimyo” fanlaridan о‘quv mashg‘ulotlar olib boriladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv faoliyati bilan bir qatorda o‘quv-uslubiy ishlar bilan ham shug‘ullanadilar. Jumladan, 2023-2025 - yillarida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 26 ta darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya, trening kurlari chop etildi.

 

Kafedraning ilmiy faoliyati.


Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida mahalliy xom-ashyolar va sanoat chiqindilari asosida noorganik, organik moddalarni ajratib olish usullarini ishlab chiqish.

Kompozitsion tarkibli absorbentlarni tabiiy va ikkilamchi gazlarni zaharli qo‘shimchalardan tozalashda qo‘llanishi bo‘yicha ilmiy izlanishlarni olib borish.

Mahalliy xom ashyolar asosida deyemulgatorlarni sintez qilish va texnologiyasini yaratish

Korroziya ingibitorlarini yaratish va fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish

Dolomit va mahalliy xom-ashyolar asosida ammiakli selitra, karbamid ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan yopishqoqlikka qarshi reagent va magniyli birikmalarni ishlab chiqish.

Dolomit va azot, fosfor va kaliy saqlovchi birikmalar asosida kompleks o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish.

“Maxalliy xom ashyolar asosida natriy va kaliy gipoxloriti va xloratlari olish texnologiyasini takomillashtirish”.

Mahalliy sanoat chiqindilari tarkibidagi ba’zi zaxarli metallarni elektrokimyoviy aniqlash usullarini ishlab chiqish.

Maxalliy xomashyolar asosida metall korroziyasini oldini oluvchi antikorrozion qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish. Kondensirlangan geterosiklik birikmalar asosida samarali korroziya ingibitorlari ishlab chiqish va ularning qo‘llanilishi. 


Kafedrada amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar:

“Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida issiqlik almashtirgich apparatlari ichida paydo bo‘ladigan tuzli cho‘kinmalardan tozalovchilarni mahalliy hom-ashyolardan ishlab chiqarish (antinakipin)” bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borilmoqda.

2023-2025 yillarda  kafedrada 2 (PhD)  va 2 ta (DSc) dissertatsiya himoya qilindi:

Handamova D.K “Avtomobil yo‘l chiziqlari uchun mahalliy xom-ash’yolar asosida shisha mikrosferalar olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida (02.00.11- Kolloid va membrana kimyosi), kimyo fanlari boyicha falsafa doktori (PhD).

Isoqov Yu.X “Разработка строительного кирпича с высокими эксплуатационными свойствами на основе местных сырьевых материалов” mavzusida (02.00.11- Kolloid va membrana kimyosi), texnika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD).

Berdiyeva M.I “Kimyo sanoati korxona chiqindilaridan olingan yangi ionitlar bilan suvlarni yumshatish, oqova va sanoat suvlarning tarkibidagi ogir va nodir metallar ionlaridan tozalash” 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi matеriallar tеxnologiyasi, texnika fanlari fan doktori (DSc).

Xoliqova S.Dj. “Ayrim jipslashgan ko‘p yadroli mono- hamda besh a’zoli biazosiklik hosilalar sintezi, xususiyatlari va texnologiyasi” 02.00.14-Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari doktori (DSc).

 

Kafedra professor- o‘qituvchi va doktorantlari tomonidan har yili horijiy va mahalliy jurnallarda 50 dan ortiq maqola; anjumanlar to‘plamlarida 100 dan ortiq maqola va tezislar chop etiladi.

Kafedraning hamkor universitet va tashkilotlari:

1. Qozog‘iston Respublikasining “Xalqlar do‘stiligi” universiteti

2. Tojikiston  Milliy Universiteti bilan.

3. Qozog‘iston Respublikasi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti

4.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti

5.Qozon Rossiya Fedratsiyasi milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti

6.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti

7.Xarkov politexnika instituti

8.Belorus Davlat texnika universiteti

9.Tambov davlat texnik universiteti

10. O‘zbekiston Milliy universiteti

11. Namangan muxatdislik texnologiyasi instituti

12. Samarqand Davlat Universiteti

13. Navoiy Davlat konchilik Universiteti

14. O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo instituti

15. O‘zRFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti

 

Faoliyat hujjatlari

низом (узб) Ёш кимёгарлар танлови бўйича 2022-2023.docx 

Кафедра иш режаси 2022-2023,,,,,,, 

2023 ЙИЛИ УЧУН ИЛМИЙ РЕЖА-АФКК (2).doc 

Умумий кимё кафедраси низоми 2022 й сентябрь 

Талабалар ўртасидаги КИМЁ фан олимпиадаси саволлари

document

Nabiyev Abduraxim Abduhamidovich
Nabiyev Abduraxim Abduhamidovich Kafedra mudiri
ukk@tkti.uz +998909489158