Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

60721100 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

60721100 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – “Uzbekneftgaz” AJ korxonalari bilan o’zaro mustahkam aloqalar o’rnatilgan bo’lib, korxonalarda mavjud muammolarga yechim toppish maqsadida ilmiy yo’nalishlar olib borilmoqda. Magistratura talabalariga korxonalardagi mavjud muammolarga asoslangan dissertatsiya mavzulari berilgan, ular asosan, mahalliy xom ashyo asosida yangi neft va gaz mahsulotlari, neft mahsulotlariga qo’shimcha qo’ndirmalar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishga hamda neftni qayta ishlash sanoatini samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan.

Kunduzgi ta'lim dasturi haqida
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Kundizgi ta'limga kirish talablari

Toshkent kimyo-texnologiya institutining "60721100 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi" bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat kirish imtihonlari asosida qabul qilinadi

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Kunduzgi ta'lim uchun 1 yillik kontrakt miqdori 6412610 so'm
  • Kunduzgi ta'lim uchun 1 kredit miqdori 106876 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +99895 479 80 82
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +99895 479 80 82
  • E-Pochta: nqiktk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi 36

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Muhandislik va kompyuter grafikasi Ko'rish
  • Muhandislik va kompyuter grafikasi
  • O‘zbek (rus) tili Ko'rish
  • O‘zbek (rus) tili
  • Kimyo 1 Ko'rish
  • Kimyo 1
  • Xorijiy til 1 Ko'rish
  • Xorijiy til 1
  • Fizika 1 Ko'rish
  • Fizika 1
  • Oliy matematika 1 Ko'rish
  • Oliy matematika 1
  • О‘zbekistonning eng yangi tarixi Ko'rish
  • О‘zbekistonning eng yangi tarixi
  • Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 1 Ko'rish
  • Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 1
  • Organik kimyo 2 Ko'rish
  • Organik kimyo 2
  • Fizikaviy va kolloid kimyo 1 Ko'rish
  • Fizikaviy va kolloid kimyo 1
  • Neft va gazni qayta ishlash jarayonlarining nazariy asoslari 1 Ko'rish
  • Neft va gazni qayta ishlash jarayonlarining nazariy asoslari 1
  • Metrologiya va standartlashtirish Ko'rish
  • Metrologiya va standartlashtirish
  • Elektrotexnika va elektronika asoslari Ko'rish
  • Elektrotexnika va elektronika asoslari
  • Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 2 Ko'rish
  • Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 2
  • Neft va gazni qayta ishlash jarayonlarining nazariy asoslari 2 Ko'rish
  • Neft va gazni qayta ishlash jarayonlarining nazariy asoslari 2
  • Neft-gaz kimyosi va fizikasi Ko'rish
  • Neft-gaz kimyosi va fizikasi
  • Fizikaviy va kolloid kimyo 2 Ko'rish
  • Fizikaviy va kolloid kimyo 2
  • Falsafa Ko'rish
  • Falsafa
  • Hayot faoliyati havsizligi Ko'rish
  • Hayot faoliyati havsizligi
  • Umumiy kimyoviy texnologiya Ko'rish
  • Umumiy kimyoviy texnologiya
  • Ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtrish va avtomatlashtirish Ko'rish
  • Ishlab chiqarish jarayonlarini modellashtrish va avtomatlashtirish
  • Neft-gaz kimyosi va fizikasi Ko'rish
  • Neft-gaz kimyosi va fizikasi
  • Neft va gazni qayta ishlashda chiqindisiz texnologiyalar Ko'rish
  • Neft va gazni qayta ishlashda chiqindisiz texnologiyalar
  • Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1 Ko'rish
  • Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1
  • Motor yonilg’ilari va moylar texnologiyasi Ko'rish
  • Motor yonilg’ilari va moylar texnologiyasi
  • Ekologiya Ko'rish
  • Ekologiya
  • Neft va gazni qayta ishlash zavodlari jihoz va uskunalari 1 Ko'rish
  • Neft va gazni qayta ishlash zavodlari jihoz va uskunalari 1
  • Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 2 Ko'rish
  • Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 2
  • Neft-gazni qayta ishlash jihozlari va uskunalari 2 Ko'rish
  • Neft-gazni qayta ishlash jihozlari va uskunalari 2
  • Sanoat katalizi Ko'rish
  • Sanoat katalizi
  • Neft-kimyoviy sintez texnologiyasi Ko'rish
  • Neft-kimyoviy sintez texnologiyasi
  • Neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalarini loyihalash Ko'rish
  • Neft-gazni qayta ishlash sanoati korxonalarini loyihalash
  • Soha iqtisodiyoti va menejmenti Ko'rish
  • Soha iqtisodiyoti va menejmenti

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Akademik halollik va ilmiy yozish madaniyatiga rioya qilgan holda, kasbiy va ijtimoiy muhitda samarali muloqot qilish uchun o‘zbek, rus va ingliz tillarida og‘zaki va yozma ravishda professional muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
  • Texnologik jarayonlarni loyihalash va optimallashtirishda matematik modellashtirish, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni qayta ishlash usullarini qo‘llashni o‘z ichiga olgan neft-gaz sanoatidagi kasbiy muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan tabiiy, matematik, ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik fanlari bo‘yicha fundamental bilimlarni namoyish eta oladi.
  • Iqtisodiy, ekologik va energiya omillarini hisobga olgan holda samarali jamoaviy ish va yuqori mahsulot sifatini ta’minlagan ilg‘or gazni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini boshqara oladi.
  • Uglevodorod xomashyosidan samarali foydalangan holda yuqori qimmatli kimyoviy mahsulotlar va motor yoqilg‘ilarini ishlab chiqarish uchun tabiiy va yo‘ldosh gazni, shuningdek, gaz kondensatlarini qayta ishlashning fizik-kimyoviy tamoyillari bo‘yicha bilimlarni qo‘llay oladi.
  • Tabiiy gazni tayyorlash, ajratish va qayta ishlash jarayonlarini texnologik qoidalarga muvofiq boshqarish va xomashyo va tayyor mahsulot parametrlarini o‘lchash uchun zamonaviy asbob va uskunalardan foydalana oladi.
  • Tabiiy gaz, gaz kondensatlari va ularni qayta ishlash mahsulotlarining tarkibi va xossalarini aniqlash, xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarini o‘zlashtiradi.
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik, yong‘in xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan holda energiya tejamkor va ekologik toza uskunalardan foydalangan holda gazni chuqur qayta ishlash uchun optimal texnologik oqim sxemalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
  • Materiallar va issiqlik balansi hisob-kitoblarini bajarish, gazni tayyorlash, ajratish va qayta ishlash uchun asosiy va yordamchi uskunalarni tanlash, texnologik qurilmalarni loyihalash va modernizatsiya qilishda ishtirok etadi.
  • Jarayonlarni boshqarish, eksperimental ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, muhandislik yechimlari va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zamonaviy raqamli, axborot, aloqa va avtomatlashtirilgan texnologiyalarni qo‘llay oladi.
  • Kasbiy muammolarni hal qilishda tashabbuskorlik va mas’uliyat ko‘rsatish, gazni qayta ishlash tarmoqlarini hozirgi va kelajak avlodlar manfaatlari yo‘lida barqaror rivojlantirish, ekologik xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan mustaqil ta’lim, tanqidiy fikrlash va qarorlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.