Kimyoviy texnologiya (mineral o’g’itlar texnologiyasi)

70710101- Kimyoviy texnologiya (mineral o’g’itlar texnologiyasi) magistratura mutaxassisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, magistr talabasi dastur yakunlangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70710101- Kimyoviy texnologiya (mineral o’g’itlar texnologiyasi) magistratura mutaxassisligida – fan va texnika sohasidagi yo’nalish bo‘lib, noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi bo‘yicha fan va ishlab chiqarish, qayta ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, korxona va tashkilotlar, davlat boshqaruvi organlari, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Kimyoviy texnologiya (mineral o’g’itlar texnologiyasi)

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998906536875
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998906536875
  • E-Pochta: nmktk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent sh., M. Ulug’bek ko’chasi, 41-uy

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Tuzlar tizimini grafik taxlili Ko'rish
  • Tuzlar tizimini grafik taxlili
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/ Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot
  • Mineral o'g'itlar ishlab chiqarish asoslari va innovatsion texnologiyalari Ko'rish
  • Mineral o'g'itlar ishlab chiqarish asoslari va innovatsion texnologiyalari
  • Kaliyli tuzlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari Ko'rish
  • Kaliyli tuzlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari
  • Mineral o'g'itlar ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash Ko'rish
  • Mineral o'g'itlar ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlash
  • Noorganik moddalar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik xisoblar Ko'rish
  • Noorganik moddalar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik xisoblar
  • Nozik noorganik sintez Ko'rish
  • Nozik noorganik sintez

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi) sohasiga oid nazariy, amaliy, ilmiy matematika, fizika, muhandislik va kompyuter grafikasi va texnik tizimlarda axborot texnologiyalari tamoyillarini tushuntira oladi;
  • Kimyoviy reaksiyalar tamoyillarini, kinetikasini, noorganik moddalar birikmalarining tuzilishini, ishlab chiqarish nazariy asoslarini tavsiflay oladi; mineral kislotalar, ishqor, tuzlar, oksidlar, kaltsinatsiyalangan soda, soda maxsulotlari, sintetik yuvish vositalari, mineral, murakkab va kompleks o‘g‘itlar ularning sanoatda qo‘llanilishini tushuntira oladi;
  • Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari, tushunchalarini tushuntira oladi, noorganik moddalar kimyo-texnologik tizimlarini tushuna oladi, noorganik mahsulotlar ishlab chiqarish asoslarini biladi, sohani barqaror rivojlanishi tushunchalarini tavsiflay oladi;
  • Noorganik moddalarning (mineral kislotalar, ishqor, tuzlar, oksidlar, kaltsinatsiyalangan soda, soda maxsulotlari, sintetik yuvish vositalari, mineral, murakkab va kompleks o‘g‘itlar, adsorbent va katalizatorlar) asosiy nazariy jihatlari va tushunchalarini tavsiflay oladi va ularni ishlab chiqarish malakasiga ega;
  • Kengroq multidisipliner kontekstni tushuntira oladi va boshqa texnologiyalarning usullari va jarayonlarini qo'llay oladi; noorganik moddalar sanoati jarayonlarini tushuntira oladi.