Kimyoviy texnologiya (silikat va qiyin suyuqlanuvchan nometall materiallar)

70710101 - Kimyoviy texnologiya (silikat vaqiyin suyuqlanuvchan nometall materiallar) ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70710101 - Kimyoviy texnologiya (silikat vaqiyin suyuqlanuvchan nometall materiallar) magistr mutaxassisligi “O’zqurilishmateriallari” AJ korxonalari bilan o’zaro mustahkam aloqalar o’rnatilgan bo’lib, korxonalarda mavjud muammolarga yechim toppish maqsadida ilmiy yo’nalishlar olib borilmoqda. Magistratura talabalariga korxonalardagi mavjud muammolarga asoslangan dissertasiya ishlari mavzulari berilgan, ular asosan, mahalliy xom ashyo asosida silikat va shinni ishlab chiqarish usullari, chinni va fayans massalarini tayyorlash usullari va uskunalari, chinni va fayans, keramika buyumlarini quritish va kuydirish jarayoni, chinni va fayans buyumlarini sirlash va bezash jarayonlari, chinni xosil bo’lishining fizik- kimyoviy asoslarini o’rganishga yo’naltirilgan.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Kimyoviy texnologiya (silikat va qiyin suyuqlanuvchan nometall materiallar)

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998909553991
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998909553991
  • E-Pochta: smnkmtk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent sh., M. Ulug’bek ko’chasi, 41-uy

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Yashil iqtisodiyot
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Loyiha boshqaruvi Ko'rish
  • Loyiha boshqaruvi
  • Shisha va sitallar kimyoviy texnologiyasi Ko'rish
  • Shisha va sitallar kimyoviy texnologiyasi
  • Keramik materiallar kimyoviy texnologiyasi Ko'rish
  • Keramik materiallar kimyoviy texnologiyasi
  • Silikatlar fizik-kimyosi Ko'rish
  • Silikatlar fizik-kimyosi
  • Kompozitsion materiallar texnologiyasi Ko'rish
  • Kompozitsion materiallar texnologiyasi
  • Sitallar texnologiyasi Ko'rish
  • Sitallar texnologiyasi

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (shisha va sitallar, keramika va olovbardosh buyumlar, bog‘lovchi moddalar ishlab chiqaruvchi sanoatlarda fizik – kimyoviy jarayonlar, materiallar siztezi, xossalari va qo’llanilish imkoniyatlari) sohasiga oid nazariy, amaliy, ilmiy-texnik va texnologiyalar tamoyillarini tushuntira oladi;
  • Xom-ashyolarga ishlov berishda kerak bo’ladigan uskunalar haqida ma’lumotga ega bo’lish, quritishda kechadigan jarayonlar haqida tushuntira oladi;
  • Silikat materiallar tasniflanishi, silikat materiallari sanoatida texnologiyaning nazariy va amaliy asoslari va tushunchalarini tushuntira oladi, texnologik tizimlarni tushuna oladi, mahsulot ishlab chiqarish asoslarini biladi, texnologiyaning barqaror rivojlanishi tushunchalarini tavsiflay oladi;
  • Maydalash va aralashtirish jarayonlari haqida tushunchaga ega, shakllash jarayoni va unda ishaltiladigan uskunalar bilan tanish bo’ladi, silikat texnologiyasining asosiy nazariy jihatlari va tushunchalarini tavsiflay oladi, kuydirish jarayoni haqida tushunchaga ega va mahsulotlar (keramika, shisha va bog’lovchi materiallar) ishlab chiqarish malakasiga ega;
  • Silikat materiallar olishda kechadigan jarayonlarni to’g’ri yo’lga qo’yish va boshqa texnologik jarayonlarni tushuntira oladi.