Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar)

70710103 – Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar) magistr mutaxasisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 24 kredit, bir o‘quv yilida 48 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, magistr dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

70710103 – Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi magistr mutaxasisligida – ishlab chiqarish, "Oʻzbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi va uning tasarrufidagi neft-gaz sanoati korxonalari UzNEFT maxsulot, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL” zavodi.  O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona korporativ tizim-Uzkimyosanoat AJ tasarrufidagi korxonalar “Jizzah Plastmassa” AJ zavodi, “Birinchirezinatexnikazavodi” MChJ, Navoiyazot AJ, “Sirdaryo Mega Lyuks” MChJ, “Uz Kabel” MChJ, “MTO Buxoro” MChJ, “UzAuto Cepla” MChJ korxonalarining turli sohalarida muxandis texnolog, fan va ishlab chiqarish masalalarida Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi institutida ilmiy-tadqiqot ishlari, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar)

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998981237172
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998981237172
  • E-Pochta: ymbptk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent sh., M. Ulug’bek ko’chasi, 41-uy

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • YMB kimyosining nazariy asoslari Ko'rish
  • YMB kimyosining nazariy asoslari
  • Loyiha boshqaruvi Ko'rish
  • Loyiha boshqaruvi
  • Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Yashil iqtisodiyot
  • YMB ishlab chiqarish sruktura va xossalarini rostlash Ko'rish
  • YMB ishlab chiqarish sruktura va xossalarini rostlash
  • Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari Ko'rish
  • Plastmassalardan buyum olishning zamonaviy usullari
  • YUMB ishlab chiqarish jihozlari va ularni tanlash Ko'rish
  • YUMB ishlab chiqarish jihozlari va ularni tanlash
  • YMB larining kimyoviy reaksiyalari va yakuniy mahsulotlarning idenfikatsiyasi/ Ko'rish
  • YMB larining kimyoviy reaksiyalari va yakuniy mahsulotlarning idenfikatsiyasi/
  • Polimerlar uchun maqsadli qo'shimchalar texnologiyasi Ko'rish
  • Polimerlar uchun maqsadli qo'shimchalar texnologiyasi

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Yuqori molekulali birikmalar (monomerlar, oligomerlar, polimerlar) sohasiga oid nazariy, amaliy, ilmiy ko’nikmalarni tushintira oladi. Plastik massalar va ularni sintezi texnologiyasini matematika, kimyo, organik kimyo, noorganik kimyo, polimerlar kimyosi, kalloid kimyo, analitik kimyo va axborot texnologiyalari tamoyillari bilan bog’lab tushuntira oladi;
  • Polimerlanish, polikondensatsiya reaksiyalari tamoyillarini, kimyoviy kinetikasini, organik va noorganik birikmalarning tuzilishini, nano polimerlar asoslarini tavsiflay oladi; polimerlar kimyosi va texnologiyalarini ularning kimyoviy texnologiyada qo‘llanilishini tushuntira oladi;
  • Yuqori molekulali birikmalarning nazariy va amaliy asoslari va tushunchalarini tushuntira oladi, yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasida polimerlarning hosil bo’lish mexanizmlari (radikal, ion, zanjirli, ion kordinatsion, element organik birikmalar, murakkab poliefirlar), poliolifenlar ishlab chiqarish asoslarini biladi, yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasining barqaror rivojlanishi tushunchalarini tavsiflay oladi;
  • Kengroq multidisipliner kontekstni tushuntira oladi va boshqa texnologiyalarning usullari va jarayonlarini qo’llay oladi, oliy ta’limda kimyoviy texnologiya, sanoat ishlab chiqarish yo’nalishlarida ta’lim berib talabalarga jarayonlarni tushuntira oladi.