Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo’jaligi uchun biopreparatlar)

70710201  – Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo`jaligi uchun preparatlar) - magistr mutaxasisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 24 kredit, bir o‘quv yilida 48 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, magistr dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

70710201  – Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo`jaligi uchun preparatlar) magistr mutaxasisligida – ishlab chiqarish, Farmasevtika korxonalari “RADIKS” MCHJ, DENTAFILL PLYU OOO, Nobel Pharmsanoat, Zuma farm MCHJ. Oziq-ovqat sanoatlari  “MILK FOOD TRADE” MCHJ, MILK FOOD TRADE MCHJ, Xushbo'y Kavsar MCHJ, Toshkent viloyati Angren shaxar Orom NON MCHJ korxonalarining turli sohalarida muxandis texnolog, fan va ishlab chiqarish masalalarida Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi “O’zRFA, «Bioorganik kimyo» instituti, O’zRFA O`simlik moddalar kimyosi instituti, O’zRFA Mikrobiologiya”   shuningdek davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo’jaligi uchun biopreparatlar)

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998994851605
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998994851605
  • E-Pochta: biok@tkti.uz
  • Manzil: Qibray tumani, ToshIES qo'rg'oni, Farovon mahallasi, 1-uy

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Ekologik biotexnologiya Ko'rish
  • Ekologik biotexnologiya
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/ Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/
  • Nanobiotexnologiiya/ Ko'rish
  • Nanobiotexnologiiya/
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot
  • Bioreaktor va apparatlar Ko'rish
  • Bioreaktor va apparatlar
  • Mikrobiotexnologiya Ko'rish
  • Mikrobiotexnologiya
  • Biologik faol birikmalarni olish biotexnologiyasi Ko'rish
  • Biologik faol birikmalarni olish biotexnologiyasi
  • Suv o'tlari biotexnologiyasi Ko'rish
  • Suv o'tlari biotexnologiyasi

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi uchun biopreparatlar) magistratura mutaxassisligiga oid nazariy, amaliy, ekologik biotexnologiya, biologik faol birikmalar olish biotexnologiyasi, bioreaktor va apparatlar, mikrobbiotexnologiya, Oziq-ovqat maxsulotlarini taxlil qilishning zamonaviy usullari, sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar, loyiha boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishi, ilmiy faoliyat asoslari, maxsus fanlarni o’qitish metodikasi, eksperimentni rejalashtirish, modellashtirish va loyihalash tizimlari tushuntira oladi
  • biotexnologik mahsulotlar zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasida qo‘llaniladigan produsentlar va yangi uskuna va jihozlar, mikroorganizmlar asosida yaratilgan ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish orqali xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun o‘ta zarur mahsulotlar ishlab chiqarishning imkoniyatlarini yaratish, fanning rivojlanish tendensiyasi va istiqbollari hamda Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o‘rni kabi masalalarni o‘rganishni bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, bioreaktor va apparatlar jarayonning kimyoviy texnologiya jarayonlari bilan o‘xshashligi va uskunalarning biotexnologiyasida qo‘llanilishini tushuntira oladi;
  • Biotexnologiyaning nazariy va amaliy asoslari hamda oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlarini, biotexnologik va mikrobiologik ishlab chiqarish jarayonlar va ob’ektlar, ekologik muhitni yaxshilash, zarur bo’lgan ikkilamchi maxsulotlar ishlab chiqarish tizimlarni tushuna oladi, uskunalarning konstruktiv xususiyatlarini, zamonaviy biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasida qo‘llaniladigan produsentlarni, biotexnologiya va nanotexnologiya, biologik faol moddalar ishlab chiqarish va xom ashyolar tushunchalarini tavsiflay oladi.