Oziq-ovqat xavfsizligi

70720102 - Oziq-ovqat xavfsizligi mutaxasisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, magistr dastur yakunlangunga qadar 120 kredit to‘lashi kerak. Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, magistrning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida magistr tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

70720102 - Oziq-ovqat xavfsizligi magistratura mutaxassisligi ishlab chiqarish, СП "ASIA KANDI", "Best Testes Technology" MCHJ, "Ro'zmetov ZM" MCHJ, OOO "PROMEAT GROUP CORP", Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qòshimchalar sifati va muomalasi bòyicha davlat ilmiy markazi, "MILKOLINO PRODUCTS" MCHJ, "Agro Kimyo Standart" MCHJ, "Тошкент дон"АЖ, OOO “Navruz International CORP”, "Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Oziq-ovqat xavfsizligi

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998971579687
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998971579687
  • E-Pochta: gskmtk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi 32

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi Ko'rish
  • Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/ Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot
  • Oziq-ovqat mahsulotlari mikrobiologiyasi Ko'rish
  • Oziq-ovqat mahsulotlari mikrobiologiyasi
  • Oziq-ovqt komponentlarini sifatini baholash Ko'rish
  • Oziq-ovqt komponentlarini sifatini baholash
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini identifikatsiyasi va sohtaligini aniqlash Ko'rish
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini identifikatsiyasi va sohtaligini aniqlash
  • Oziq-ovqat siyosati va meyoriy hujjatlari Ko'rish
  • Oziq-ovqat siyosati va meyoriy hujjatlari

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Oziq-ovqat tovarshunosligi tavsiflanishini asosida mahsulot turlari bo‘yicha nazariy bilimlarni o’zlashtirgan holda mutaxassislik adabiyotlari va meyoriy xujjatlarni tahlil qila oladi;
  • Mаgistrlar оziq–оvqаt хоm аshyosi vа tаyyor mаhsulоtlаrini sifat va хаvfsizlik ko’rsаtkichlаri vа ulаrni nаzоrаt qilish tizimini, qo’llаnilаdigаn organoleptik, fizik-kimyoviy va biologik usullаrini bеlgilаsh, eksprеss usullаrini qo’llash vа оlingаn natijalаrni to’g’ri rasmiylashtirishni amalga oshira oladi.
  • Oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasida ishlatiladigan qo’shimchalarni klassifikasiyasini biladi; oziq ovqat texnologiyasi jarayonlari blok sxemalarini tushuntira oladi.
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjiri va ishlab chiqarishda xavf kriteriyalarini xalqaro standart HACCP talablari asosida tavsiflay oladi; Asl va soxta oziq-ovqat maxsulotlarini farqlay oladi.
  • Oziq-ovqat texnologiyasining boshqa fanlar (eksperimentni rejalashtirish, zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari, sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar hamda mutaxassislik fanlari) bilan aloqasini integratsiya qila oladi.