Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari

70720704 - Kimyoviy texnologiya (kimyoviy sanoati va qurilish materiallar korxonalarining mashinalar hamda apparatlari) ta’lim mutaxassisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70720704 - Kimyoviy texnologiya kimyoviy sanoati va qurilish materiallar korxonalarining mashinalar hamda apparatlari) magistr ta’lim yo‘nalishi fan va texnika sohasidagi yo’nalish bo‘lib, qurilish materiallar kimyoviy texnologiyasi bo‘yicha fan va ishlab chiqarish, qayta ishlash, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, korxona va tashkilotlar, davlat boshqaruvi organlari, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998909553991
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998909553991
  • E-Pochta: smnkmtk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent sh., M. Ulug’bek ko’chasi, 41-uy

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Qurilish materiallar kimyoviy texnologiyasi Ko'rish
  • Qurilish materiallar kimyoviy texnologiyasi
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/ Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot
  • Korxonalarning apparatlarini hisoblash va loyihalash Ko'rish
  • Korxonalarning apparatlarini hisoblash va loyihalash
  • Kimyo va qurilish materiallari sanoatida issiqlik jarayonlari va qurilmalari Ko'rish
  • Kimyo va qurilish materiallari sanoatida issiqlik jarayonlari va qurilmalari
  • Kimyoviy mashinasozlik Ko'rish
  • Kimyoviy mashinasozlik
  • Mashinasozlikda kompozitsion materiallar Ko'rish
  • Mashinasozlikda kompozitsion materiallar
  • Mashinasozlikda innovatsion texnologiyalar Ko'rish
  • Mashinasozlikda innovatsion texnologiyalar

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari (shisha va sitallar, keramika va olovbardosh buyumlar, bog‘lovchi moddalar va asbotsement materiallari ishlab chiqaruvchi sanoatlarda zarur bo‘lgan jihoz va uskunalar) sohasiga oid nazariy, amaliy, ilmiy-texnik va texnologiyalar tamoyillarini tushuntira oladi;
  • Kimyo sanoati va qurilish materiallar ishlab chiqaruvchi korxonalar apparatlarinitarkibiy elementlarini aniqlash va ularni hisoblash, ichki va tashqi bosim ostidagi qurilma va uskunalarni loyihalash va hisoblash metodologiyasini qo‘llanilishini tushuntira oladi;
  •  Kimyo sanoat va qurilish materiallari sanoatida texnologiyaning nazariy va amaliy asoslari va tushunchalarini tushuntira oladi, texnologik tizimlarni tushuna oladi, mahsulot ishlab chiqarish asoslarini biladi, texnologiyaning barqaror rivojlanishi tushunchalarini tavsiflay oladi;
  • Kimyo sanoat va qurilish materiallari sanoatida texnologiyaning asosiy nazariy jihatlari va tushunchalarini tavsiflay oladi va mahsulotlar (kimyoviy moddalar, qurilish materiallari) ishlab chiqarish malakasiga ega;
  • Qobiqdagi turli moslamalarni mustahkamlash va ularning mexanik hisobini, issiqlik almashinish qurilmalarini mustahkamligini hisoblash metodologiyasini, qurilma yordamchi moslamalarini loyihalash va hisoblashni, aralashtirgichli qurilmalar va ularning moslamalarini loyihalash va hisoblashni va boshqa texnologik jarayonlarni tushuntira oladi.