Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari

70721103 – Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari mutaxassisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

70721103 – Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari magistratura mutaxassisligi ishlab chiqarish, "Oʻzbekneftgaz" AJ va uning tasarrufidagi neft-gaz sanoati korxonalari Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL” zavodi, Farg’ona NQIZ, Buxoro NQIZ, Muborak GQI zavodlari, O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona korporativ tizim-Uzkimyosanoat AJ tasarrufidagi korxonalar Dehqonobod kaliy zavodi, Farg’onaazot AJ, Navoiyazot AJ korxonalarining turli sohalarida muxandis texnolog, fan va ishlab chiqarish masalalarida Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi institutida ilmiy-tadqiqot ishlari, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Neft va gazni qayta ishlash jarayonlari va apparatlari

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998901677444
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998901677444
  • E-Pochta: gqiktk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi 36

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Neft-gaz kondensatini qayta ishlash texnologiyasi Ko'rish
  • Neft-gaz kondensatini qayta ishlash texnologiyasi
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/ Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot
  • Neft va gazni qayta ishlash katalitik jarayon mashina va aparatlari Ko'rish
  • Neft va gazni qayta ishlash katalitik jarayon mashina va aparatlari
  • Neft va gaz qayta ishlash qurilmalarini korroziyadan saqlash Ko'rish
  • Neft va gaz qayta ishlash qurilmalarini korroziyadan saqlash
  • Neftni qayta ishlash qurilmalarini takomillashtirish Ko'rish
  • Neftni qayta ishlash qurilmalarini takomillashtirish
  • Zamonaviy neft-gaz sanoatida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi Ko'rish
  • Zamonaviy neft-gaz sanoatida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Motor yonilg'ilarni va moylar texnologiyasi Ko'rish
  • Motor yonilg'ilarni va moylar texnologiyasi

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Neft va neft-gazni qayta ishlash jarayon va apparatlari (neft, gaz, neft va gaz kimyo) sohasiga oid nazariy, amaliy, ilmiy, kimyo, fizika, amaliy mexanika va muhandislik texnologiyalari tamoyillarini tushuntira oladi;
  • Qurilma va jihozlarning asosiy konstruktiv elementlari va ularni hisoblashni, asosiy texnologik jihozlarni tanlash va ularni korroziya, eroziyadan saqlashni, reaktorlarning tuzilishi va ularni loyihalash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi, texnik-iqtisodiy ma’lumotlarni tadqiq qilish, qurilma va jihozlarning ishlatilish me’yorlari tanlash, texnologik jarayonni tashkil etish malakalariga ega bo’ladi;
  • Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari va tushunchalarini tushuntira oladi, Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasida qo’llaniladigan xom-ashyo, materiallari, mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalari va jihozlari, Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasining barqaror rivojlanishi tushunchalarini tavsiflay oladi;
  • Neft, gaz va gazkondensatlarini qayta ishlash texnologik jarayonlari haqida to‘liq ma’lumotlarni, jarayonlarni moddiy va issiqlik balanslarini hisoblashni, jixozlarining asosiy parametrlarini hisoblashni, texnologik tajribalarni o‘tkazib, natijalar olishni va ularni taxlili xaqida to‘liq ma’lumotga ega bo’ladi;
  • Neft va gazni qayta ishlashdagi kataliz jarayoni texnologiyasini avtomatlashtirish, modellashtirish asoslari, katalizatorlarning kimyoviy reaksiyadagi o‘rin va vazifalari, xom-ashyolar va ularni tayyorlash, ekologik toza texnologiyasini yaratish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.