2021 yil stajirovkalar

Toshkent kimyo-texnologiya institutida jami 118 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar, talaba magistrant va doktorantlarni ilg’or horijiy universitet va ilmiy-tadqiqot institutlarida xizmat safarlari va akademik almashinish tashkil etildi, shu jumladan:

Malaka oshirish, stajirovka, o‘quv kurslariga yuborilgan - 28 nafar bevosita va 36 onlayn;

Bakalavriat, magistraturada o‘qish uchun - 54 nafar.

2021 yildagi TKTI xodimlari xorijiy tashriflari va stajirovkalari:

TKTI rektori B.Sh.Usmonov va “Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish” bo‘limi boshlig‘i A.N.Shernaev 28.04.2021-03.05.2021 yilda Belarus Respublikasi Belorussiya davlat texnologiya universiteti, Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya universiteti va Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetlariga, hamda Belorussiya kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalariga tashrifi uyushtirildi va tajriba almashindi.

TKTI “Axborot xavfsizligini ta’minlash” bo‘limi administratori G‘.A.Nazarov 03.06.2021 - 10.06.2021 yilda “Aqlli universitet” tizimini tadqiq qilish” yo‘nalishi bo‘yicha stajirovka o‘tash uchun Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetiga xizmat safariga yuborildi.

“Xalqaro hamkorlik bo‘limi” boshlig‘i, “Silikat materiallar, nodir va kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi professori v.b. Z.A.Babaxanova 03.07.2021 - 18.07.2021 yilda M.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti qoshidagi “Radiokimyo” yozgi o‘quv kurslarida malaka oshirdi.

BDOO va KTU va TKTI “2+2 (1+1) SOP Qo‘shma dasturlari bo‘yicha 58/19/c-sonli shartnomasining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida institut “Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish” bo‘limi boshlig‘i A.N.Shernaev va 3 xodim 23.08.2021 - 30.08.2021 yil kunlari Belarus Respublikasi Mogilev shahri Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya universitetiga xizmat safariga yuborildi, hamda malaka oshirishdan o‘tdi.

O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 apreldagi 81-03-1880-sonli xatiga asosan TKTI rektori B.Sh.Usmonov 24.08.2021-30.08.2021 kunlari OO‘MTV rasmiy delegatsiyasi tarkibida Vengriyaning Debretsen universitetiga xizmat safariga yuborildi.

“Silikat materiallar, nodir va kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi assistenti Abduraxmonov Odiljon Eshmuxammad o‘g‘li “Iste’dod” jamg‘armasi stipendiati sifatida Rossiya kimyo texnologiya universitetiga PhD dasturi bo‘yicha 3 yil (01.09.2018 y. - 01.09.2021 y.) davomida ta’lim olganligi haqidagi hisoboti inobatga olinib, 4-yil aspirantura ( PhD) sini tamomlab, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab kelishi uchun Moskva shaxriga xizmat safariga yuborildi.

O‘zR OO‘MTV 2021 yil 24 iyuldagi № 3/17-24/07-sonli xati va Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasining 2021 yilda matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari bo‘yicha 4 nafar stipendiatlari oktabr-noyabr oylarida I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetiga Moskva shahriga Maxmudova Feruza Axmadjonovna va Mashaev Eldor Ergashvoy o‘g‘li; Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyo texnologiyalar universitetiga Mogilev shahriga - Suyundiqov Ulug‘bek Abdusalom o‘g‘li; Rossiya Federatsiyasi RAN «Umumrossiya uzumchilik va vinochilik Magarach ilmiy tadqiqot institutiga Yalta shaxriga - Qosimova Dilorom Baxtiyarovna malaka oshirgan.

18.10.2021 – 23.10.2021 kunlari “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi 2 nafar professorlari “Tojikiston milliy universiteti” va “M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Dushanbe shahridagi filiali”da malaka oshirgan.

16.10.2021 – 24.10.2021 kunlari “Neft gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi mudiri Arifjanov Oybek Yusufjanovich Sileziya texnologiya universiteti bilan tuzilgan “Erasmus+ ICM (KA107)” akademik almashinuv dasturi bo‘yicha Xalqaro treningda qatnashgan.

25.10.2021 – 30.10.2021 kunlari “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi assistenti Razmuxamedov Daniyarbek Djaxangirovich Ural Federal universitetida tashkil etilayotgan “Multipurpose Irradiation Centre as a Component of Centre of Nuclear Science and Technology” o‘quv kursida ishtirok etgan.

15.11.2021 – 29.11.2021 kunlari institutning “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi 2 nafar professorlari  “Belorussiya davlat texnologiya universiteti”ga Minsk shahriga tajriba almashinish uchun xizmat safariga yuborildi.

15.11.2021 - 19.11.2021 kunlari institutning "OOMT" kafedrasi dotsenti Ziynatullaeva Gulnoza Djaxangirovna Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahriga Germaniya Xalqaro tashkiloti GIZ tomonidan o‘tkazilayotgan "O‘rta Osiyodagi xususiy sektorlar va ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik" mavzusidagi mintaqaviy anjumanda ishtirok etishga xizmat safariga yuborildi.

27.11. 2021 – 05.05.2022 kunlari Kantabriya universiteti bilan tuzilgan “Erasmus+ ICM (KA107)” 2020-1-ES01-KA107-078199-son loyihasi akademik almashinuv dasturlari bo‘yicha Ispaniyaning Kantabriya universitetida ilmiy stajirovka o‘tish uchun institutning 3 nafar xodimi Santander shahriga xizmat safariga yuborildi.

06.12.2021 - 17.12.2021 kunlari Buyuk Petr nomadagi Sankt-Peterburg davlat universitetida tashkil etilgan “Operation Issues of the Turbine Island for NPP with VVER” kursida ishtirok etish uchun institutning 3 nafar xodimi yuborildi.

17.12.2021 - 25.12.2021 kunlari Turkiyaning Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy tadqiqotlar instituti taklif xatiga asosan, 2021 yil 18-21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "International Antalya Scientific Research and Innovative Studies Congress" xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun institutning 3 nafar xodimi Turkiyaning Side shahriga xizmat safariga yuborildi.

TKTIda xorijiy olimlar stajirovkasi: Qozog‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston Davlat universiteti  bilan 2019 yil 20 avgustda tuzilgan shartnomaga asosan ushbu universitetning 5 nafar xodim va doktorantlari TKTI da 15.02.2021 – 27.02.2021 yy. ilmiy stajirovka o‘tdi.

Qozog‘iston Respublikasining “Milliy agrar ilmiy-ta’lim markazi” qoshidagi “Qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati Kazah ilmiy-tadqiqot instituti” Astana filialining 5 nafar ilmiy xodimi 2021 yilda TKTIda ilmiy stajirovka o‘tdi.

2021 yil 1-30 aprel kunlari Yodju texnika instituti 15 nafar 2 bosqich “Beauty esthetics” yo‘nalishi talabalari uchun TKTI “Oziq ovqat texnologiyasi” kafedrasi qoshidagi laboratoriyalarda mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Tojikiston Respublikasi Energetika instituti 2 nafar xodimi 2021 yilda TKTIda ilmiy-amaliyot ishlarini bajardi.

Husobot-2021: Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i, Sankt-Peterburgdagi "Silikat materiallari va noyob, qimmatbaho metallar texnologiyasi" kafedrasi professori Babaxanova Zebo Abdullayevna (6.12.2021-17.12.2021 y.)
Hisobot-2021: 2021-YIL 17-21 — DEKABR KUNLARI INSTITUT XODIMLARI XALQARO ILMIY KONGRESSDA ISHTIROK ETDI
Hisobot-2021: Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligidagi OO'MTV delegatsiyasinig Debresen universitetiga tashrifi
Husobot-2021: Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashkil etilgan Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida Belarus Respublikasiga professor-o‘qituvchilarning tashriflari bo‘yicha hisobot
Hisobot-2021: Oybek Aripdjanovning Polshaning Glivitse shahriga xizmat safari bo'yicha hisoboti
Hisobot-2021:Rektor B.Sh.Usmonov va Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bo‘limi boshlig'i Shernayev Anvar Normamatovichlarning 2021-yilning 28-aprel - 3 may sanalarida Belorussiya davlatiga xizmat safari bo‘yicha hisobot
Hujjat nomi
Husobot-2021: Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i, Sankt-Peterburgdagi "Silikat materiallari va noyob, qimmatbaho metallar texnologiyasi" kafedrasi professori Babaxanova Zebo Abdullayevna (6.12.2021-17.12.2021 y.) Ko'rish
Hisobot-2021: 2021-YIL 17-21 — DEKABR KUNLARI INSTITUT XODIMLARI XALQARO ILMIY KONGRESSDA ISHTIROK ETDI Ko'rish
Hisobot-2021: Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligidagi OO'MTV delegatsiyasinig Debresen universitetiga tashrifi Ko'rish
Husobot-2021: Toshkent kimyo-texnologiya institutida tashkil etilgan Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida Belarus Respublikasiga professor-o‘qituvchilarning tashriflari bo‘yicha hisobot Ko'rish
Hisobot-2021: Oybek Aripdjanovning Polshaning Glivitse shahriga xizmat safari bo'yicha hisoboti Ko'rish
Hisobot-2021:Rektor B.Sh.Usmonov va Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bo‘limi boshlig'i Shernayev Anvar Normamatovichlarning 2021-yilning 28-aprel - 3 may sanalarida Belorussiya davlatiga xizmat safari bo‘yicha hisobot Ko'rish