Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2023 yil birinchi yarim yilligida jami 128 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar, talaba magistrant va doktorantlarni ilg’or horijiy universitet va ilmiy-tadqiqot institutlarida xizmat safarlari va akademik almashinish tashkil etildi, shu jumladan:
Malaka oshirish, stajirovka, o‘quv kurslariga yuborilgan professor–o‘qituchi va hodimlar - 50 nafar;
Bakalavriat, magistratura va doktoranturada stajirovka va o‘qish uchun yuborilgan talabalar soni - 78 nafar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlarning 6-bandida 2023-yilda xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka o‘tagan professor-o‘qituvchilar ulushini 10 foizga hamda 7-bandida 2023-yilda Respublika oliy ta’lim muassasalariga jalb qilingan xorijiy professor-o‘qituvchilar ulushini 5 foizga oshirish vazifasi belgilangan.
2023 yildagi TKTI xodimlari xorijiy tashriflari va stajirovkalari:
Polsha: 03.03.2023-11.03.2023 yil kunlari Institutning xalqaro aloqalar bo‘limi boshligi, “Silikat materiallar, nodir va kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi professori Babaxanova Zebo Abdullaevna Polshaning Olstindagi Varmia va Muzuri universiteti (University of Warmia and Mazury in Olsztyn)ga Yevropa Ittifoqi Erasmus+ akademik mobillik dasturi doirasida 14 soat dars o‘tish uchun Pol’shaning Olstin shaxriga xizmat safariga yuborildi.
AQSh: 12.01.2023-12.05.2023 yil kunlari Institutning Fizika va elektrotexnika kafedrasi katta o‘qituvchisi Razmuxamedov Daniyar Djaxangirovich AQShning “Faculty Enrichment Program” (FEP) dasturi doirasida AQShning N’yu Jersi Davlat Universiteti (The State University of New Jersey universiteti)ning Industrial va tizimlar Ingeneriyasi kafedrasida 4 oylik akademik almashinuv va stajirovka o‘tash uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Qozog‘iston Respublikasi: 24.01.2023-28.01.2023 yil kunlari Institutning “O‘zbek tili va professional ta’lim” kafedrasi mudiri Aripova Gulnora Shuxratullaevna, Oziq-ovqat mahsulotlari Texnologiyasi kafedrasi mudiri Ro‘ziboev Akbarali Tursunboevich, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Babaxanov Axadxan Asadilaevich, Bosh hisobchi Usmonov Rustam Baxtiyorovich Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahriga loyiha doirasida kooperativ (dual) ta’lim to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, uning samaradorligini baholash mezonlari va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha xorijiy tajriba tahlilini o‘tkazish uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Belorussiya: 20.03.2023 - 23.03.2023 yil kunlari institutning Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i Shernaev Anvar Normamatovich. Institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Boborajabov Bohodir Nasriddin o‘g‘li qo‘shma ta’lim dasturlari asosida taxsil olayotgan talabalardan xabar olish hamda qo‘shma ta’lim jarayonlarini monitoring qilish va hamkor universitetlar bilan amalga oshirishi rejalashtirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy hizmat safariga yuborildi.
Qozog‘iston Respublikasi: 29.03.2023-29.04.2023 yil kunlari institutning “Sellyuloza va yog‘ochsozlik” kafedrasi mudiri Xusenov Arslonnazar Shernazarovich va “Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mengliev Sherzod Shoimovich M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetida malaka oshirish va talabalarga ma’ruza o‘qish uchun xizmat safariga yuborildi.
Polsha: 03.03.2023-11.03.2023 yil kunlari institutning “Silikat materiallar,nodir va kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi professori Babaxanova Zebo Abdullaevna Varmia va Muzuri universitetiga Yevropa Ittifoqi Erasmus+ akademik mobillik dasturi doirasida "Ekologik monitoringda zamonaviy fizik kimyoviy taxlil qilish usullari” fanidan 14 soat dars o‘tish uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Qozog‘iston Respublikasi: 25.04.2023-26.04.2023 yil kunlari institutning rektorning strategik rejalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha maslaxatchisi Peter Makkan va Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Saidaxmadov Saidumarxon Saidabror o‘g‘li Al-Farobi nomidagi Qozoq milliy universiteti va TKTI o‘rtasida bakalavr va magistratura talabalarining akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish,professor-o‘qituvchilar uchun horijiy stajirovkalar tashkil qilish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Vengriya: 17.05.2023-20.05.2023 yil kunlari Institut rektori Usmonov Botir Shukurullaevich ,xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Babaxanova Zebo Abdullaevna hamda matbuot kotibi Abdulboqiev Egamnazar Murodjon o‘g‘li Vengriya tomoni bilan ikkinchi o‘zbek-venger rektorlar forumida kimyo va kimyoviy,oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishlarida xamkorlik qilish ,ular bilan shartnomalarini imzolash uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Turkiya: 18.05.2023-22.05.2023 yil kunlari Kasaba uyushmasi raisi Abduraxmonov Abdusattor Qahharovich Turkiya davlati Kasaba uyushmasi o‘rtasidagi xalqaro va hamjihatlik va turdosh kasaba uyushmasi faoliyatini o‘rganish,tajriba almashish maqsadida xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Ozarbayjon: 11.05.2023-16.05.2023 yil kunlari TKTI Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shernaev Anvar Normamatovich va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘lim boshlig‘i Mardanov Nematullo Rasulovich Ozarbayjon davlati Baku shaxridagi “Beynalhaq Biznes Festivali 2023” Xalqaro biznes festivalida ishtirok etish hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Ozarbayjon neft akademiyasi o‘rtasida kimyoviy texnologiya,gazni qayta ishlash sohalari bo‘yicha xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish uchun x’orijiy xizmat safariga yuborildi.
Rossiya Federatsiyasi:01.06.2023-06.06.2023 yil kunlari asosiy organik sintez texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Samatov San’at Baxtiyorovich Rossiya Federatsiyasining Karachay-Cherkes Respublikasida tashkil etilayotgan "Markovnikovskie chteniya:Organicheskaya ximiya ot Markovnikova do nashix dney" anjumanida ma’ruza bilan qatnashish va tajriba almashish uchun xalqaro xizmat safariga yuborildi.
Turkiya: 01.06.2023-30.06.2023 yil kunlari “O‘zbek tili va professional ta’lim” kafedrasi dotsenti Tavaldieva Gulbaxor Nishonovna, “Gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi”kafedrasi dotsenti L.A.Yusupova, N.A.Igamqulovalar, “Umumiy kimyo” kafedrasi dotsenti Anisaxon To‘xtamushova, “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasi mudiri Gulnoza Xakimova hamda“Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri Oybek Sirojov Turkiya davlati Izmir shaxrida joylashgan Egey universiteti tomonidan tashkil qilinaetgan "Turk dunyosi o‘qituvchilarining tajriba almashish va malaka oshirish o‘quv kurslari" doirasida "Ijodiy ta’lim metodlari va ta’limni boshqarish" o‘quv kursida qatnashib malaka oshirish uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Rossiya Federatsiyasi: 4.06.2023-8.06.2023 yil kunlari TKTI Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor Shernaev Anvar Normamatovich “MMFI",D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universitetiga ilg‘or muxandislik maktablarini joriy qilish uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Bolgariya: 13.06.2023-17.06.2023 yil kunlari Silikat materiallar,nodir va kamyob metallar texnologiyasi kafedrasi professori Babaxanova Zebo Abdullaevna Bolgariyaning "Neofit-Rilski Janubiy-G‘arbiy”universitetiga Matematika va tabiiy fanlar fakultetining 10 yillik Xalqaro Yubiley konferensiyasida ishtirok etish uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Koreya Respublikasi: 28.06.2023-15.07.2023 yil kunlari institutning OOMT kafedrasi assistenti Vyacheslav Li Seul shaxridagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Qozog‘iston Respublikasi: 08.06.2023-12.06.2023 yil kunlari institutning “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Razmuxamedov Daniyar Djaxangirovich Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shaxriga "Unicen Advanced Research Methodology Workshop" konferensiyasida ishtirok etishi uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Rossiya Federatsiyasi: 25.06.2023-2.07.2023 yil kunlari institutning “Sanoat ekologiyasi “kafedrasi mudiri Igitov Farrux Baxtiyarovich hamda “Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi” kafedrasi professori Jo‘raev Asror Baxtiyarovich Rossiya Federatsiyasining Tomsk politexnika universitetiga xorijiy tajribani o‘rganish xamda ilmiy labaratoriyalar bilan tanishish maqsadida xorijiy xzmat safariga yuborildi.
Polsha: 12.06.2023-17.06.2023 yil kunlari institutning “Ilmiy ishlar va innovatsion g‘oyalar” bo‘yicha prorektor” Pulatov Xayrulla Lutpullaevich, Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasi dotsenti Aripjanov Oybek Yusupjanovich hamda “Moliya va iqtisod ishlari” bo‘yicha prorektor Qodirov Bobiromon Bekmuradovich qo‘shma ilmiy loyixa doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish,moddiy - texnik bazani mustaxkamlashga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Ispaniya: 18.06.2023-25.06.2023 yil kunlari “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo‘yicha prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddin o‘g‘li hamda “Xalqaro aloqalar bo‘limi” boshlig‘i Saidaxmadov Saidumarxon Saidabror o‘g‘li Ispaniyaning Kontabariya universitetiga xalqaro kredit mobilligi loyixasi doirasida o‘quv -trening kursida ishtirok etish uchun hamda hamkor universitetda dars berish uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Qirg‘iziston Respublikasi: 25.06.2023-28.06.2023 yil kunlari “O‘zbek tili va professional ta’lim” kafedrasi mudirasi Aripova Gulnora Shuxratullaevna, OOMT kafedrasi mudiri Ro‘ziboev Akbarali Tursunboevich hamda OOMT kafedrasi professori v.b. I.Razzakov nomidagi Qirg‘iz davlat texnika universitetiga GIZ TANDEM xalqaro loyixasi doirasida kooperativ ta’lim to‘g‘risida xujjatlarni ishlap chiqish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish uchun xorrijiy xizmat safariga yuborildi.
Turkiya: 30.06.2023-21.07.2023 yil kunlari OOMT kafedrasi dotsenti Goipova Shaxnoza Saidazim qizi, Xamidova Madina Olimjonovnalar Turkiya davlatining Yildiz texnika universitetiga stajirovka o‘tab kelish maqsadida yuborildi.
Daniya: 28.06.2023-13.07.2023 yil kunlari “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi “fakulteti dekani Umid Kuychievich Abdullaev hamda “Enologiya va umumiy ovqatlanish texnologiyasi” kafedrasi mudiri Akmal Xolmatovich Boboev Kopengagen universitetining ERASMUS+ kredit mobillik loyixasida ilmiy stajirovka o‘tash uchun yuborildi.
Qirg‘iziston Respublikasi: 18.07.2023-21.07.2023 yil kunlari O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Safarov Toir Tursunovich hamda YoOBKT fakulteti dekani Vapaev Murodjon Do‘stummatovich Qirg‘iziston Respublikasining ta’lim muassasalari 2023-2024 o‘quv yili qabuliga xorijiy abiturientlarni jalb qilish,TKTIda taklif qilinayotgan ta’lim xizmatlarini targ‘ib qilish va ta’lim eksportini amalga oshirish maqsadida xorijiy xizmat safariga yuborildi.
Ozarbayjon: 20.07.2023-25.07.2023 yil kunlari Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor va guruh rahbari Shernaev Anvar Normamatovich, Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Razakova Laylo Sayfievna hamda dekan muovini Zulyarova Nigora Sharafitdinovna Ozarbayjon Respublikasi Baku,Quba va Lankaran shaxridagi zamonaviy horijiy ishlab chiqarish korxonalari va ta’lim muassasalari bilan tanishish maqsadida tashkil etilaetgan yozgi amaliyot va stajirovka dasturida ishtirok etish uchun yuborildi.