Biznesingizga ilmiy yechim

Siznig tashkilotingizda o'z ilmiy yechimini kutayotgan muammo bormi?

Endi bunday muammolarni Toshkent kimyo-texnologiya institutining olimlariga qo'yib bering. Bizning institut 1991-yil O'zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan tashkil etilgan. Tashkil etilganidan buyon institut ilmiy jamoasi tomonidan tashkilotlar, yirik korxonalar va subyektlarda xo'jalik shartnomasi asosida 100dan ortiq muammolarga ilmiy yechim bergan.

Bu qanday amalga oshiriladi?

Bizning olimlar iqtisodiyot tarmoqlari, oziq-ovqat sanoati, qog'oz va shisha ishlab chiqarish, qurilish materiallari, organik va noorganik moddalar, qishloq xo'jaligi, neft va gaz sohasi, ekologiya, texnika va texnologiya yo'nalishlarida ilmiy izlanishlar olib boradilar.

Masalan sizning korxonangizda qaysidir qurilma nostandart ishlab daromadingizni kamaytirib yuborgan bo'lsa, bizning muhandis olimlar qurilmangizni to'g'ri ishlashi uchun ilmiy izlanishlar, o'rganishlar olib borib to'g'ri yechim beradilar. 

Bizning maqsadimiz O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan korxonalar rivojiga xissa qo'shish. Biz bunda sizga yordam beramiz. Hoziroq biz bilan bog'laning.

  • Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor:
  • Pulatov Xayrulla Lutpullayevich
  • x.pulatov@tkti.uz
  • +998 71 244-79-21