Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali

Filialda oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakultetida 5 ta kafedra 8 ta yo‘nalishda “Oziq-ovqat texnologiyasi” (mahsulot turlari bo‘yicha), “Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi”, “Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlar texnologiyasi”, “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish, avtomatlashtirish va boshqarish”, “Texnologik mashina va jihozlar”, “Kimyoviy texnologiya”, “Iqtisodiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berilmoqda.

2023-yil 15-aprel holatida kunduzgi bo‘limda jami 1151 nafar (shundan 413 nafar qizlar), shundan 1-kursda 373 nafar, 2-kursda 387 nafar, 3-kursda 310 nafar, 4-kursda 81 nafar, sirtqi bo‘limda 1568 nafar (shundan 438 nafari qizlar) jami filial bo‘yicha 2719 nafar (shundan 851 nafari qizlar) talabalar ta’lim olmoqda.

Filialda jami 261 nafar xodimlar, shulardan 109 nafari professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qabul bo‘limi : +998755225068