Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali

Filialda hozirda 2021/2022 o‘quv yilida jami 56 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, jumladan, 1 nafar akademik, 4 nafar professor, 7 nafar dotsent, 17 nafar katta o‘qituvchi hamda 27 nafar assitsentlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Filialda 6 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 1068 nafar talabalar tahsil olishmoqda. Shundan 1-kurs 747 nafar, 2-kurs 196 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 321 nafarni tashkil etadi. Filialda 1 ta fakultet (Noorganik moddalarning kimyoviy texnologiyasi ) 9 ta yo‘nalish hamda 4 ta kafedra faoliyat olib bormoqda.

1.   Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)

2.   Kimyoviy texnologiya: noorganik moddalarning kimyoviy texnologiyasi

3.   Kimyoviy texnologiya: qurilish materiallari kimyoviy texnologiyasi

4.   Konservalash texnologiyasi

5.   Oziq-ovqat texnologiyasi

6.   Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

7.   Neftgazkimyo sanoati texnologiyasi

8.   Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)

9.   Texnologik mashinalar va jihozlash (tarmoqlar bo‘yicha)

Filialning bugungi kundagi ilmiy salohiyati 28.1% ni tashkil qiladi. 

Qabul bo‘limi : +998955115856