Toshkent kimyo-texnologiya instituti talaba va professor-o‘qituvchilari institutlararo tuzilgan shartnomalar asosida xalqaro akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etishi mumkin.
Akademik almashinuv dasturi – o’z yo’nalishi boyicha 1 yoki 2 semestr davomida horijiy universitetida ta’lim olish imkoniyatini beradi (shartnomaga binoan to ‘liq yoki qisman transport va o‘quv harajatlari qoplanishi va stipendiya berilishi mumkin).
Tanlov shartlari:
-Talabgor institut talabasi yoki hodimi bo‘lishi zarur;
- Ingliz tilini yuqori darajada bilishi va sertifikatga ega bo‘lishi (kamida IELTS 5.0);
-Talabalar uchun: Bakalavriatning 2- yoki 3-kursida oquvchi talabalar yoki magistratura bosqichida o‘qishi ;
-Talabalar uchun:Reyting daftarchasidagi ballari o‘rtacha 71% dan kam bo‘lmasligi;
Tanlov uchun kerakli xujjatlar:
1) Talabalar uchun:Reyting daftarchasi nusxasi;
2) IELTS sertifikati nusxasi;
3) Pasporti nusxasi;
4) Talabalar uchun:Diplom nusxasi;
5) CV Europass shaklidagi malumotnoma;
6) Talabalar uchun:Horijiy universitet va TKTIda asosiy kurslar bo‘yicha o‘qish haqida kelishuv (Learning agreement 1 semestr -30 ECTS ga teng, yoki kamida 25 ECTS). Learning agreement 3 tomonlama imzolanadi: yuboruvchi universitet (TKTI), qabul qiluvchi universitet, talaba.
7) Hodimlar uchun: Horijiy stajirovka rejasi.
ERASMUS+ doirasida 12 ta; Mevlana doirasida 2ta, ikki tomonlama shartnoma asosida 3ta xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan akademik almashinuv shartnomalari imzolangan: