Registrator ofisi

Toshkent kimyo-texnologiya institutining (keyingi o‘rinlarda institut deb yuritiladi) “Registrator ofisi” (keyingi oʻrinlarda – Ofis deb yuritiladi) talabani tizimda shakllantirish, oʻquv jarayoni va talabalarga xizmat koʻrsatish, akademik faoliyatni tashkil etish hamda taʼlim jarayonining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, tizimda byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish, shuningdek, qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi institutning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.

Ofis tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:

Talabalarning oʻqishga kirgandan boshlab toki oʻqishni bitirgunga qadar boʻlgan barcha jarayonlarni oʻz ichiga qamrab olgan holda talabalarga ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlarni bir joydan turib tezkor, samarali va shaffof tarzda amalga oshirish hamda talabalarning vaqtini ma’muriy muammolar bilan bog‘liq ovoragarchiliklarga sarf boʻlmasligini ta’minlash.


Kadirov Ulug‘bek Ravshanovich | tkti.uz
Direktor
  • Kadirov Ulug‘bek Ravshanovich
  • afrb@tkti.uz
  • +99871 244-79-34

Registrator ofisi tomonidan taqdim etiladigan xizmat turlari

I.              Akademik (oʻquv) faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

1)     QR kodli diplom shakllantirish;

2)     akademik maʼlumotnoma va transkript berish;

3)     akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish;

4)     bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish;

5)     diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;

6)     imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish;

7)     imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish;

8)     oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish;

9)     oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;

10) oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish;

11) oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish;

12) stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish;

13) talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish;

14) talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish;

15) talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish;

16) talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish;

17) talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish;

18) talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish;

19) talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish;

20) talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish;

21) talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish;

22) talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish;

23) talabalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot taqdim etish;

24) talabalarning parolini tiklash;

25) talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash;

26) talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish;

27) talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish;

28) tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish;

29) oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash;

30) oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish.

II.           Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

31) talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga koʻmaklashish;

32) ijara subsidiyasi uchun ariza yozishga koʻmaklashish.

III.        Xalqaro aloqalar faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

33) talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;

34) turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;

35) oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;

36) xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;

37) xorijiy talabalar uchun viza olishlarida ko‘maklashish;

38) xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;

39) xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga roʻyxatga qoʻyishda ko‘maklashish;

40) xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish.

IV. Buxgalteriya va marketing boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

41) qayta oʻqishga shartnoma berish;

42) stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;

43) hisob varagʻini shakllantirib berish;

44) talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;

45) talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

46) talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

47) talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

48) toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;

49) bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish.

V.    Ilmiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

50) grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;

51) ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;

52) innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;

53) nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;

54) ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;

55) ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish.

VI. Koʻrsatilishi zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar:

56) talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;

57) oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;

58) talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;

59) talabalarga OTTda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.


Faoliyat hujjatlari Ko'rish
document