Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi tarkibidagi “Akademik faoliyatni boshqarish” bo‘limi o‘quv jarayoni rivojlangan xorijiy mamlakatlar universitetlari tajribasini o‘rgangan holda, O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishning zamonaviy talablarini hisobga olib ishlab chiqilgan va tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalar, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etilishi uchun masʼul bo‘lgan tarkibiy tuzilma hisoblanadi
Akademik faoliyatni boshqarish bo‘limi taʼlim jarayonini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida dars jadvallarini tuzadi va uni barcha fakulʼtetlar, kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini taʼminlaydi
Akademik faoliyatni tashkil etish bo‘limi Oʻzbekiston Respublikasining “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʻlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlarini ijrosini ta’minlash hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutida akademik faoliyatni tashkil etishni yо‘lga qо‘yadi.
Akademik faoliyatni tashkil etish bo‘limi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari va Vazirlik Hayʻat qarorlari, instituti Ustavi, institut Kengashlari qarorlari, institut rektori buyruqlari hamda mazkur bо‘limning Nizomiga muvofiq olib boradi.
Akademik faoliyatni tashkil etish bo‘limi bakalavriat taʻlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oliy taʻlim dasturlarini amalga oshiradigan institutning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Akademik faoliyatni tashkil etish bo‘limining maqsadi – institutning oʻquv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish, taʻlim faoliyatini takomillashtirish, taʻlim sifati va samaradorligini oshirish.
Akademik faoliyatni tashkil etish bo‘limining vazifalariga quyidagilar kiradi:
- institutda taʻlim dasturlarini amaldagi kasbiy standartlar, “Oliy taʻlimning davlat taʻlim standarti. Asosiy qoidalar”, “Oliy taʻlimning davlat taʻlim standarti. Oliy taʻlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” (keyingi oʻrinlarda – DTS deb yuritiladi) va taʻlim dasturlari (malaka talabi, oʻquv reja, oʻquv dasturlari, sillabuslar) hamda boshqa meʻyoriy-uslubiy hujjatlar asosida amalga oshirishni tashkil etish va boshqarish;
- institutda oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqish, oʻquv yili uchun akademik kalendarni shakllantirish, taʻlim jarayonini tashkil etish, fakultet, kafedra, boʻlim va markazlarning taʻlim jarayonini muvofiqlashtirish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va idoraviy hujjatlar ijrosini taʻminlash;
- oʻquv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish hamda nazorat qilish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va innovatsion texnologiyalarni keng jalb qilish;
- yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishda zamonaviy talablar, ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan, zamonaviy oʻqitish usullarini tatbiq etish;
- oʻquv jarayoni va oʻquv-uslubiy hujjatlar tayyorlanishida kasbiy standartlar, oliy taʻlimning DTS va malaka talablariga rioya etish;
-nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga, amaliy va kasbiy koʻnikmalar hamda taʻlimni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish va tizimli monitoringini amalga oshirish;
- monitoring natijalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish va semestr, yil yakunida instituti Kengashi muhokamasiga olib chiqish;
- masofaviy va dual taʻlim shakllarida taʻlim oluvchilarning modullarni oʻz vaqtida va sifatli oʻzlashtirishini hamda ishtirokini monitoring qilish;
- professor-oʻqituvchilarning pedagogik faoliyati hamda oʻqitish sifati va samaradorligini tahlil qilish, baholash hamda ularning kasbiy va pedagogik mahoratlarini yuksaltirishga oid tadbirlarni tashkillashtirish;
- talabalar bilimini nazorat qilish va baholash faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Registrator ofisi bilan hamkorlikda fakultetlar tomonidan taqdim etilgan maʻlumotlar asosida talabalar kontingentini fakultetlar kesimida jamlash, umumiy hisobini shakllantirish va yuritish;
- yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratilishi, ularning muntazam yangilab borilishini monitoring qilish va tegishli takliflarni ishlab chiqish;
- institutida taʻlim dasturlarini amalga oshirishning metodik taʻminotini tahlil etib borish va metodik yordam koʻrsatish va boshqalar.