Xalqaro reyting, akkreditatsiya va transformatsiya bo'limi

-Institutni xalqaro e’tirof etilgan QS, THE, ARWU, GreenMetric va boshqa xalqaro reytinglarni TOP 1000 talikka kirishini rejalashtirish va uni amalga oshirish;

-institut faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi kompleks axborot-statistik bazani shakllantirish va rivojlantirish;

-institut faoliyatini yagona axborot muhitida tahliliy ta’minlashni tashkil etish hamda institutning xalqaro reytinglardagi o‘rnini aniqlash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish, nazorat qilish va xulosa berish;

-institutga tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan xalqaro hamkorlikda xodimlar faoliyat malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish;

-xalqaro reytinglarni nashr etadigan tashkilotlar va reyting agentliklari bilan hamkorlik loyihalarni amalga oshirish borasida Institut fakultetlari, kafedra va bo‘linmalariga yordam berish;

-faoliyat sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

-institut rivojlanishini prognozlash, xususan, institutni rivojlantirish dasturi ustida ishlash, nazorat qilish, xulosa olish, muddatini belgilash;

-prorektor, bo‘lim boshlig‘i, bosh va yetakchi mutaxassis xodimlarning samaradorligini baholashda ishtirok etish va nazorat qilish;

-institut ish tartibining yagona talablariga muvofiq kompyuter ma’lumotlar bankini yaratish, hujjatlarni hisobga olishda, saqlash, arxivlash, nazorat qilish, doimiy yangilab turish, ma’lumot berish va yordamlashish.

Markazning asosiy maqsadi institutni va uning tarkibiy bo'linmalari, professor-o‘qituvchilari, xodimlarining xalqaro reytinglami nashr etadigan tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, xodimlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari (KPI) nizomiga muvofiq markazga yuklatilgan ishlami amalga oshirishdan iborat.

Xidirkulova Maftuna Boyburi qizi | tkti.uz
Bo'lim boshlig'i
  • Xidirkulova Maftuna Boyburi qizi
  • atm@tkti.uz
  • +998909361672
Dilnoza Do'smatova | tkti.uz
Bosh mutaxassis
  • Dilnoza Do'smatova
  • boshmutaxassisatm@tkti.uz
  • __

document