Buxgalteriya

yuklanmoqda...

Buxgalteriya, qiziqqan tashqi va ichki foydalanuvchilarga institutning molyaviy-xo‘jalik faoliyati va moliyaviy ahvoli to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni еtkazish uchun institut buxgalteriya hisobini tashkil etadi va yuritadi;

Institut faoliyatinining moliyaviy ahvoli va natijalarini baholash, tahlil qilish, loyihalash va nazorat qilish uchun o‘z vaqtida ma’lumotlarni olish imkoniyatini beruvchi, institut faoliyatining xo‘jalik yuritish shartlari, strukturasi, tarmoqqa taalluqlilik darajasi xususiyatlaridan va boshqa turdagi imkoniyatlaridan kelib chiqib buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda hisobga olish siyosatini shakllantiradi.

Buxgalteriya ichki hisobotlari shakllarini, xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladigan birlamchi hisob xujjatlari shakllarini, statistik va analitik hisoblardan iborat buxgalteriya hisobi ish rejasini tayyorlaydi va tasdiqlatadi;

Inventarizatsiya o‘tkazish va mulkni baholash tartibini, mulkning mavjudligi, uning holati va bahosi to‘g‘risidagi hujjatlarni yuritishni ta’minlaydi;

Hujjat aylanish tartibiga rioya etgan holda xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishning to‘g‘riligini ichki nazorat qilish tizimini tashkil etadi;

Tashqi va ichki foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan buxgalteriya ma’lumotlarini taqdim etishni ta’minlovchi, buxgalteriya, soliq, statistik va boshqaruv hisobi talablariga mos keluvchi buxgalteriya hisobi va hisobotlari axborot tizimini shakllantiradi;

Zamonaviy axborot texnologiyalarini, hisobga olish va nazorat qilishning progressiv shakllari va usullarini qo‘llagan holda buxgalteriya hisobi reyestrlarini yuritish bo‘yicha ishlarni olib boradi;

Institut faoliyatining moliyaviy natijalari, moliyaviy, hisob va kredit operatsiyalari, moliyaviy mablag‘lari, material-ishlab chiqarish zaxiralari, asosiy vositalar, majburiyatlar va mulkni hisobini yuritish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;


Usmonov Rustam Baxtiyorovich | tkti.uz
Bo'lim boshlig'i
  • Usmonov Rustam Baxtiyorovich
  • buxgalteriya@tkti.uz
  • (0 371) 244-79-22

yuklanmoqda...

document