Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi Toshkent kimyo-texnologiya institutining tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, ayni vaqtda bo‘lim tashkiliy tuzilmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida U.U.Muminov. Shuningdek, bo‘limda fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha muhandis (A.A.Bo‘ribekov) hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha instruktor (R.G.Azizov) faoliyat yuritmoqda.
Bo‘lim boshlig‘i bevosita iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi.
Bo‘limning asosiy maqsadlaridan biri institutda faoliyat olib borayotgan rahbar va xodim, ishchi-xizmatchilar, professor-o‘qituvchilar hamda tahsil olayotgan talabalarning xavfsizligini ta’minlashdir
· Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda insonlarning evakuatsiyasi va himoya choralari bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash;
· Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni oldini olish;
· Botulizm kasalligidan zaxarlanish, yong‘in, zilzila, texnogen avariyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibini ishlab chiqish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish;
· Texnik va yong‘in xavfsizligi jihozlarini muntazam tekshirish va soz holatda ushlab turish;
· Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish;
· O‘zbekiston Respublikasining mehnat muhofazasi va xavfsizlikka oid qonun hujjatlariga amal qilinishini ta’minlash;
· Yangi ishga qabul qilingan xodimlarni mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tkazish;
· Ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish;
· Ish joylarida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun aptechkalarni dori-darmon bilan ta’minlash, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash va texnik xavfsizlik talablari asosida zarur sharoitlarni yaratish;
· Xodimlarga shaxsiy himoya vositalarini taqdim etish va ularning to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilishdan iborat.
Bo‘lim o‘z faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyruqlari, institut Kengashi qarorlari hamda institutning Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalari, Odob-axloq qoidalari hamda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi Nizomi asosida tashkil etadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· xodimlarni yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;
· institut obyektlarini turli harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash, boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
· fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shayligini taʼminlash;
· turli harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda tartibni yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;
· institutdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan yong‘indan saqlash xizmati faoliyatini tashkil etish;
· institut bo‘limlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar kiradi.