Inson resurslari bo‘limi

yuklanmoqda...

Kafedraning asosiy maqsadi institut professor-o‘qituvchilari va boshqa xodimlarining ish sifati va samaradorligini maksimal darajada ta’minlash, institut rahbariyatini samarali kadrlar siyosatini amalga oshirish, institut tarkibiy bo‘linmalarini zarur ixtisoslik va malakali xodimlar bilan ta’minlashdan iborat. tegishli malakalar.

Mirsamikova Rano Ismailjanovna | tkti.uz
Bo'lim boshlig'i
  • Mirsamikova Rano Ismailjanovna
  • irrb@tkti.uz
  • +998 71 244-79-31
  • +998909771233

  1. institut rektori va maʼmuriyatining xodimlar masalalarini hal qilish bo‘yicha faoliyatini taʼminlash;
  2. rektor (prorektorlar) ko‘rib chiqishi uchun xodimlar bilan ishlash va mehnat munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, tashkiliy va xodimlar masalalari bo‘yicha hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
  3. institut tegishli tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari bilan birgalikda xodimlarni tanlash, o‘rganish va joylash;
  4. xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, xizmat joyini o‘zgartirish, taʼtil, mavjud mehnat sharoitlari o‘zgarishi, rag‘batlantirish, intizomiy choralar ko‘rish, ishdan chetlatish va ishdan bo‘shatish, shuningdek, zarur hollarda lavozimni tasdiqlashni belgilangan tartibda hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
  5. ishga kirayotganlardan tilxat olgan holda institut Ustavi, jamoa shartnomasi va Ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tanishtirish, ularga ishga qabul qilish tartibini tushuntirib berish;
  6. shaxsiy ishlar, mehnat daftarchalari, shaxsiy kartochkalar, shaxsiy va statistika hisobi yuritish;
  7. xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish jurnallarini yuritish;
  8. tegishli hujjatlarga ishga qabul qilish, xizmat joyini o‘zgartirish, mehnat sharoitlari o‘zgarishi, rag‘batlantirish, ishdan bo‘shatish, taʼtil berish va ish staji haqidagi maʼlumotlarni o‘z vaqtida kiritish;
  9. bo‘sh lavozimlarni egallash haqida tanlov eʼlonlarini rasmiylashtirish va lavozimga tayinlash jadvallarini tuzish;
  10. berilgan ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga muvofiq lavozim maoshlarini belgilash haqida buyruq loyihalarini tayyorlash;
  11. institut xodimlarini lavozimga tayinlash, xizmat joyini o‘zgartirish, mehnat sharoitlarining sezilarli o‘zgarishini, intizomiy choralar ko‘rilishi haqidagi buyruqlari bilan tanishtirish;
  12. xodimlar ishdan bo‘shagan kuni ularga buyruqdan ko‘chirma bilan mehnat daftarchalarini topshirish;
  13. mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish, yoshga doir, nogironlik bo‘yicha, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya rasmiylashtirish uchun hujjatlar tayyorlash va "Davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq ularni ijtimoiy taʼminot organlariga taqdim etish;
  14. taʼtil jadvallari loyihalari asosida har yil belgilangan muddatlarda taʼtilning umumiy jadvallar loyihalarini tuzish;
  15. belgilangan shaklda hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash va taqdim etish, mehnat daftarchalari va ularga ilovalar blankalariga buyurtmalarni rasmiylashtirish, ko‘rsatilgan hujjatlarni saqlash, mehnat daftarchalari va ularga ilovalar blankalarini hisobga olish kirim-chiqim kitobini yuritish, ularni sarflash haqida belgilangan muddatda hisobot taqdim etish;
  16. biriktib qo‘yilgan bo‘linmalar rahbarlariga mehnat intizomini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashda yordam ko‘rsatish;
  17. rag‘batlantirish va intizomiy choralar ko‘rish haqida buyruqlar loyihalarini tayyorlash;
  18. davlat boshqaruvi organlari, tashkilot, korxona va muassasalarning xodimlar bo‘limi vakolatlari doirasidagi so‘rovlariga javob tayyorlash;
document