O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ -3775-son qaroriga muvofiq har
bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish (mazkur guruhlardagi talabalar soni oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi), 2-kursdan ularni o‘qitishni alohida o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli qabul qilish va bu orqali oliy ta’lim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, institutda iqtidorli talabalarni maqsadli ilmiy faoliyatga jalb qilish va yo‘naltirish, kafedralar hamda fakultetlarda bu borada olib
borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirishdan iborat.
yuklanmoqda...
-Mutaxassislik kafedralardagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish;
-Kafedra to‘garaklarda, professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilg‘or ilmiy-tadqiqot ishlarini nazorat qilish;
-Institutda iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga shart-sharoit yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
-Institutning yuqori bilim va malakaga ega professor-o‘qituvchilarini iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish;
-Iqtidorli talabalarni ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
-Ilmiy tadqiqot ishlarida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli talabalar va ularga biriktirilgan -professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
-O‘zbekiston respublikasi Prezidenti va Nomdor stipendiyalarga ilmiy raxbarlari bilan birgalikda iqtidorli talabalarni tayyorlash va to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatib borish;
Iqtidorli talabalar uchun turli ko‘rgazmalar, konferensiyalar va Star-up loyixalar tanlovini tashkil etish;
-Iqtidorli talabalar va ularning faoliyatiga oid ma’lumotlarni institutning rasmiy veb-saytida yoritib borilishini ta’minlash;
“START-UP” loyihalar tanlovi g‘oliblari e'lon qilindi.