Kasaba uyushmasi

Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi institut Nizomi va tarkibiy tuzilishiga asosan 1991 yilda tashkil etilgan. Kasaba uyushmasining maqsadi – kasaba uyushmasi a’zolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, intelektual xuquq va manfaatlarini himoya qilishdir. Kasaba uyushma qo‘mitasi tashkil etilgan kundan boshlab jamoa a’zolarining umumiy yig‘ilishida kasaba uyushma qo‘mitasi raisini saylab oladilar. 2020 yil 1 martdan hozirgi kungacha A.K.Abduraxmonov kasaba uyushma qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.Institut kasaba uyushmasi Nizomi, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Nizomi hamda yuqori tashkilot buyruqlari asosida institut ma’muriyati bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Institut kasaba uyushmasi tarkibida bo‘lim, kafedra, fakultet va akademguruhlar bo‘yicha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari va doimiy ishlovchi komissiyalari mavjud

  • Millati, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar boshlang‘ich tashkilot har bir a’zosining mehnat qilish, ishni, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoiti yaratib berilishi va ishsizlikdan himoya qilinishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish;
  • Institutda ish bilan ta’minlanganlikning eng yuqori darajada bo‘lishiga, daromadlar oshirilishi va mulkiy tabaqalanish darajasi kamaytirilishiga erishish; mehnatga haq to‘lash va mehnat rejimining ijtimoiy adolatli tizimi joriy etilishiga erishish;
  • Jamoa shartnomalari tuzilishi va ularning bajarilishi ustidan nazoratning amalga oshirish;
  • Jamoa shartnomalarida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan kafolat va imtiyozlarning saqlab qolinishi va kengaytirilishiga erishish;
  • Mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish qonunlari, qoida va me’yorlariga rioya etilishiga erishish;
  • Ijtimoiy muloqot hamda ijtimoiy sherikchilik yo‘lga qo‘yish, jamoa muzokaralarini tashkil etish;
  • Ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga binoan xodimlar malakasining oshirilishi hamda kasb jihatidan qayta tayyorlashning tizimli va muntazam ravishda olib borilishiga erishish;
  • Xodimlarni, ayniqsa, yoshlarni mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqishda ish beruvchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qilish;
  • Madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining o‘tkazilishiga, bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanish uchun sharoitlar yaratib berilishiga, kasaba uyushmasi a’zolari va ularning oila a’zolari sog‘lomlashtirilishiga erishishdir

Abdurakhmanov Abdusattor Kakhharovich | tkti.uz
Bo'lim boshlig'i
  • Abdurakhmanov Abdusattor Kakhharovich
  • kasaba@tkti.uz
  • 71-244-15-72
  • 71-244-15-72

yuklanmoqda...

document