Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi institut jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi buyruqlari hamda universitet ichki tartib-qoidasi va ushbu bo‘lim Nizomiga binoan faoliyat ko‘rsatadi.
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limining asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma'naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta'siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Oliy, o‘rta va maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-apreldagi “Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini takomillashtirilgan normativ hujjatlar bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 137-son buyrug‘iga 6-ilovada o‘quv adabiyotlari qo‘lyozmalarini yaratishni ta’minlash maqsadida va uslubiy hujjatlar hamda davlat ta’lim standartlariga muvofiq zamonaviy o‘quv adabiyotlari”, malaka talablariga muvofiq va ilg‘or jahon tajribasi, metodlari, texnologiyalari va xorijiy adabiyotlar asosida tayyorlangan o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanishi o‘quv rejasiga muvofiq.
yuklanmoqda...