O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:
birinchidan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqini respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi, “Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish;
ikkinchidan, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;
uchinchidan, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;
to‘rtinchidan, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish;
beshinchidan, yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;
oltinchidan, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va oila muqaddasligi g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish;
yettinchidan, yoshlarni, ayniqsa, ular uyushmagan qismining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga, ijodiy to‘garaklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv kurslariga keng jalb etish;
sakkizinchidan, yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish;
to‘qqizinchidan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;
o‘ninchidan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish;
o‘n birinchidan, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
o‘n ikkinchidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda g‘oyaviy-uslubiy jihatdan ko‘mak berish. asosiy maqsadi - talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma`naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g`oyalar ta`siridan himoya qilish hamda mustaqil O`zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Boshlangʻich tashkilotning asosiy maqsadi oliy taʼlim muassasasida talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni maʼnaviy-mafkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talaba-yoshlar tashabbuslarini amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat.
Boshlangʻich tashkilot oʻz oldiga quyidagi vazifalarni qoʻyadi:
oliy taʼlim muassasasida talaba-yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan takliflar tayyorlash;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan
talaba-yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etish, shuningdek, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan talaba-yoshlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
talaba-yoshlarni ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy istiqlol gʻoyasi, milliy qadriyatlar, diniy bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik va oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish;
talaba-yoshlariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish, ularga mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;
talaba-yoshlarning muammolari, murojaatlarini koʻrib chiqish va hal etishda koʻmaklashish;
talaba-yoshlarining chuqur bilim olishi, chet tillarini oʻrganishi va zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashi hamda ularni kasb-hunarga yoʻnaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
oliy ta’lim muassasasida isteʻdodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama
qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashadigan klub va toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish;
oliy ta’lim muassasasida yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, ularning kitob oʻqishga boʻlgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
oliy ta’lim muassasasi talaba-yoshlarida “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi zararli illatlar, axborot xurujlari, diniy aqidaparastlik, missionerlik va ekstremistik gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
oliy ta’lim muassasasi talaba-yoshlari oʻrtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning oʻzlari yashayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflar uyushtirish;
oliy ta’lim muassasasi yoshlari, ayniqsa, xotin-qizlar oʻrtasida sportni keng targʻib etish, ularning sportga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish;
oliy ta’lim muassasasi yoshlariga tibbiy madaniyat, xususan, kasalliklardan himoyalanish yoʻllarini keng tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etish;
oliy ta’lim muassasasi yoshlari oʻrtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targʻib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash.