Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni hamda “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya institutida Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻlimi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu boʻlimning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2021-yildagi 421-son “Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida taʼlim faoliyatini tashkil etish taritibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi qarori asosida amalga oshiriladi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektorining tegishli buyrugʻiga asosan Qoʻshma taʼlim dasturlari boʻlimi boshligʻi lavozimiga iqtisodiyot fanlari falsafa doktori PhD Nasiba Xakimova tayinlangan.


- respublika iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash;

- mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini taʼlim va ilm-fanning uzviyligi hamda uzluksizligi, shuningdek, jahon taʼlim hamjamiyatiga integratsiyasini kengaytirish hisobiga rivojlantirish;

- kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;

- qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalarning amaliyotini xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlarda, ular joylashgan davlatlarda va boshqa mamlakatlardagi tashkilotlarda tashkil etish;

- pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalarni va oʻqitish uslublarini faol takomillashtirish;

- taʼlim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining salohiyatini oshirish;

-  hamkorlikda ilmiy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish, stajirovkalar tashkil etish hamda xalqaro ilmiy va taʼlim loyihalarini amalga oshirish.


Uzakov Aziz To’lqin o’gli | tkti.uz
Bo'lim boshlig'i
  • Uzakov Aziz To’lqin o’gli
  • a.uzakov@tkti.uz
  • +998936165343

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya instituti va xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qo‘shma ta’lim dasturlarida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etilgan.

Bugungi kunda xorijiy hamkor OTMlaridan Belorussiyaning Belorussiya davlat texnologiya universiteti, Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti, “Yanki Kupala” nomidagi Grodno davlat universiteti, Belarus Respublikasi Polotsk davlat universiteti, Ozarbaijon Respublikasi Boku Oliy neft maktabi, Italiya Respublikasi Ka Foskari Venetsiya universiteti, Bolgariya, Janubiy-Gʻarbiy universitet Neofit Rilski bilan 7 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 56 nafar talaba va 9 ta magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 20 nafar magistrlar tahsil olib kelmoqdalar.

Bugungi kundan bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “2+2” kunduzgi ta’lim va magistratura bo‘yicha “1+1” kunduzgi va “1+1” masofaviy ta’lim shaklida qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash amalga oshiriladi.

2025-2026 o‘quv yili uchun qabul kvotalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan bakalavr “2+2” kunduzgi ta’lim yonalishi uchun 100 ta kvota, va magistratura “1+1” kunduzgi va masofaviy ta’lim yonalishi uchun 120 ta kvota ajratildi. Qabul komissiyasi tomonidan tashkil etilgan qabul.tkti.uz platforma orqali onlayn tartibda abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi. Barcha qabul jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi” 421-sonli Qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bugungi kunda, Belorussiya davlat texnologiya universiteti bilan oldindan tuzilgan “2+2”, “3+2”, “4+1” va “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi asosida kunduzgi va sirtqi bakalavr va magistratura ta’lim yonalishi boyicha 65 nafar talaba o‘qishni tamomlab bitirdi va 41 nafar talaba tahsil olib kelmoqda hamda “2+2”, “1+1” bakalavr va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul davom etayapti.

Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti bilan oldindan tuzilgan va “2+2”, “3+2” va “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi asosida kunduzgi va sirtqi bakalavr va magistratura ta’lim yonalishi bo‘yicha 22 nafar talaba o‘qishni tamomlab bitirdi va 22 nafar talaba tahsil olib kelmoqda hamda “2+2”, “1+1” bakalavr va magistratura ta’lim yonalishi bo‘yicha qabul davom etayapti.

“Yanki Kupala” nomidagi Grodno davlat universiteti bilan tuzilgan “1+1” qo‘shma ta’lim dasturi asosida magistratura kunduzgi ta’lim yonalishi bo‘yicha 3 nafar magistr o‘qishni tamomlab bitirdi va “2+2”, “1+1” bakalavr va magistratura ta’lim yonalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida qabul davom etayapyi.

Belarus Respublikasi Polotsk davlat universiteti bilan tuzilgan “1+1”, magistratura ta’lim yonalishi bo‘yicha 3 nafar magistr tahsil olib kelmoqda va “2+2”, “1+1” bakalavr va magistratura ta’lim yonalishi bo‘yicha qabul davom etayapti.

Ozarbayjon Respublikasi, Boku Oliy neft maktabi bilan tuzilgan magistratura “1+1” kunduzgi ta’lim yoʻnalishi boʻyicha 9 nafar magistr tahsil olib kelmoqda va “1+1” magistratura ta’lim yonalishi bo‘yicha qabul davom etayapti.

Italiya Respublikasi Ka Foskari Venetsiya universiteti bilan tuzilgan magistratura “1+1” kunduzgi ta’lim yoʻnalishi boʻyicha qabul davom etayapti.

Bolgariya, Janubiy-Gʻarbiy universitet Neofit Rilski bilan tuzilgan magistratura “1+1” masofaviy ta’lim yoʻnalishi boʻyicha qabul davom etayapti.

Bo‘limdagi ta’lim yo‘nalishlari:

- Oziq-ovqat texnologiyasi

- Kimyo muhandisligi

- Kimyoviy texnologiya

- Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari

- Menejment

- Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

- Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

- Yogochga ishlov berish texnologiyasi va yogochshunoslik

- Atrof-muhit muhandisligi

- Metrologiya, standarlashtirish va sifatni boshqarish

- Biotexnologiya

- Texnologik mashina va jihozlar

- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish  


Hamkorlikdagi xalqaro xorijiy oliy ta’lim muassasalari

- Belorussiya davlat texnologiya universiteti;

- Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti;

- Belorussiyaning Yanki Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti;

- Belarus Respublikasi Polotsk davlat universiteti

- Ozarbayjon Respublikasi, Boku Oliy neft maktabi

- Italiya Respublikasi Ka Foskari Venetsiya universiteti

- Bolgariya, Janubiy-Gʻarbiy universitet Neofit Rilski

 

Hamkor zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari

- “O‘zkimyosanoat” AJ

- “O‘zbekneftgaz” AJ

 - ARTEL ELECTRONICS

 - “Texnopark” MCHJ;

- Qo‘ng‘irot soda zavodi MCHJ;

- O‘zdonmahsulot AK;

- “Toshkentdonmahsulotlari” AJ;

- “G‘alla-Alteg” AJ

- Standartlar institute

- "Navoiyazot" AJ

- Sho’rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi

- "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ


document