Bo‘lim institutning rivojlanish strategiyasi, iqtisodiy va moliyaviy siyosati, hamda resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadi, tahlil qiladi va ularning ijrosini muvofiqlashtiradi.
Strategik rejalashtirish va moliya bo‘limining asosiy maqsadi — Toshkent kimyo-texnologiya institutining uzoq muddatli strategik rivojlanishini, moliyaviy barqarorligini, iqtisodiy samaradorligini va raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan kompleks strategik boshqaruv tizimini shakllantirish va amalga oshirishdan iborat.
Bo‘limning faoliyati institutning uzoq muddatli strategik rivojlanish maqsadlariga, barqaror moliyaviy siyosatini shakllantirishga, resurslardan samarali va shaffof foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi 60-son, “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari” toʻgʻrisida 61-sonli qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi me’yoriy hujjatlari hamda bo‘lim Nizomga amal qiladi.