“Taxririyat-nashriyot” bo‘limi 2005-yilning dekabr oyida Toshkent kimyo-texnologiya instituti “O‘quv-uslubiy” bo‘limi negizi asosida tashkil etilgan. O‘tgan yillar mobaynida “Tahririyat-nashriyot” bo‘limi dots. I.I.Yunusov, dots. R.A.Xabibullayev, dots. A.I.Ergashev va Sh.A.Jalilov raxbarligi ostida faoliyat yuritgan.Hozirgi kunda “Taxririyat-nashriyot” bo‘limi boshlig‘i vazifasini muharrir G.X.Maxkamova bajarib kelmoqda. Bo‘limda 2 ta muharrir va 1 ta musahhih faoliyat yuritmoqda.
ОOʻMT Vаzirligining 2016-yil 6-аprеldаgi “Оliy vа oʻrtа mахsus, kаsb-hunаr tа’limi muаssаsаlаrini Dаvlаt tа’lim stаndаrtlаrigа muvоfiq tаkоmillаshtirilgаn mе’yoriy vа uslubiy hujjаtlаr hаmdа zаmоnаviy oʻquv аdаbiyotlаr bilаn tа’minlаsh toʻgʻrisidа”gi №137-sоnli buyrugʻining 6-ilоvаsidаgi oʻquv аdаbiyotlаri qoʻlyozmаlаrining yarаtilishini tа’minlаsh mаqsаdidа, mаlаkа tаlаblаri vа oʻquv rеjаlаrigа mоs ilgʻоr jаhоn tаjribаlаri, uslubiyati, tехnоlоgiyalаri vа хоrijiy аdаbiyotlаr аsоsidа tаyyorlаngаn oʻquv аdаbiyotlаr bilan ta’minlash.
Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Matbuot va axborot agentligining yo‘riqnomalari TKTI Nizomi hamda “Tahririyat-nashriyot” bo‘limi Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti fakultet va kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv uslubiy majmualarni tahrir qilish, matnlarning siyosiy-ijtimoiy, ilmiy-amaliy jihatlarini o‘rganish va nashrga tavsiya etish bilan shug‘ullanadi. Bo‘limning ish faoliyati va asosiy vazifalari o‘quv-uslubiy hamda ilmiy adabiyotlarning xato va kamchiliklarini bartaraf etishda mualliflar bilan hamkorlikda ish olib boradi, chop etishga tavsiya etilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni o‘z vaqtida nashrdan chiqishini nazorat qiladi. Shuningdek, bo‘limda “Kimyogar” gazetasi nashrga tayyorlanadi.
Har o‘quv yili davomida o‘quv rejadagi fanlarni o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish maqsadida institutimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv adabiyotlari tayyorlanib, OO‘MTV tomonidan nashr etish guvohnomalari olib kelinadi.