Talabalarni turar joy bilan taminlash ishlarni muofiqlashtirish bo'limi

yuklanmoda...

Markaz Davlat oliy ta’lim muassasalarining Talabalar turar joyida,ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning yashash sharoitini nazorat qilish, muammolarini bartaraf qilish va qulayliklar yaratish, ijtimoiy mezonlar (ijara to‘lovining bir qismini birinchi navbatda olishga muhtoj talabalarni aniqlash

va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar), ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishni belgilaydi

Jurakolov Zokir Namazovich | tkti.uz
Bo'lim boshlig'i
  • Jurakolov Zokir Namazovich
  • ttj@tkti.uz
  • +99871 244-79-34

Bo‘lim quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi.

  • Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga oylik ijara tolovining bir qismini Ozbekiston Respublikasi Davlat byujeti hisobidan qoplab berish boyicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi tarkibini tashkil etish;
  • “Institut odob-axloq qoidalari” ning mazmun mohiyati bilan barcha bosqich talabalarini tanishtirish va institutning taʼlim-tarbiya jarayonini tartitbga soluvchi qonun-qoidalariga rioya qilish boyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
  • Talabalar turar joyida talabalarga qulaylik yaratish, doimiy yashash hududidan taʼlim muassasalariga istalgan vaqtda yetib kelishlarini muvofiqlashtirish maqsadida jadval asosida har bir fakultet oqituvchilari va tyutorlar jamoasidan iborat navbatchilik tashkil etish va nazorat qilish;
  • Belgilangan tartib asosida talabalarni TTJ ga joylashtirib borish;
  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo`qotgan talabalarni imtiyozli ravishda TTJda yashashini ta` minlash;
  • ijara uy topishga qiynalayotgan talabalar muammolarini bartaraf qilish uchun mahalla raislari va IIB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
  • (TTJda, ijarada, yaqin qarindoshinikida) yashovchi talabalarning umumiy elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish ;
  • Talabalar uchun xususiy xonadonlardan ijaraga turar joy qidishning ishonchli tizimini yolga qo’yish maqsadida turar joy qidirishga ixtisoslashgan telegram kanallar yaratish;
  • Talabalar turar joylarida, ijarada yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntazam tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlarni oʻrganib borish va mutasaddilarga taklif kiritish;
  • Talabalar turar joyida va ijara huquqi asosida yashayotgan darsdan bo'sh vaqtlarda turli tashkilotlarda ishlaydigan talabalarning royxatini shakllantirish va tasdiqlash, tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat ishlarini olib borish.
document