O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son farmonining 3-ilovasiga muvofiq 2023 yil 1 yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining vazifa va funksiyalari tegishliligi bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi orasida taqsimlangan holda tugatilganligi, shuningdek Toshkent kimyo-texnologiya instituti tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023 yil 10-fevraldagi 2-son yig‘ilish bayonining 6.3–bandi hamda vazirlikning 2023 yil 27 martdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 72-son buyrug‘iga muvofiq faoliyati o‘rganilib qayta tashkil etildi. Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamentiga hisobdordir.
Bo‘limning asosiy maqsadi TKTI talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, TKTIni ichki attestasiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish, litsenziyalash, ta’im sifatini ta’minlash departamenti hamda TKTI rektorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
-TKTIda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
-Asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi;
-Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi;
-Talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar) bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;
-TKTI professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qiladi;
O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflarni beradi;
Ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, TKTI professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovasion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganadi;
-TKTIda (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;
-Ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integrasiyasini, institutning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi;
-O‘z sohasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi;
-Ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi;
-Talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertasiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o‘rganadi;
-TKTIning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;
-TKTIning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi;
-TKTIda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy qiyofasini (so‘rovnoma asosida) o‘rganadi;
-TKTI axborot-resurs markazi fondining zarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini aniqlaydi;
-Bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o‘qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qiladi;
-Ota-onalar va ish beruvchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslarning homiylik kengashi faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi ishtirokini tahlil etadi;
-Professor-o‘qituvchilar reytingini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
-Talabalarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi;
-Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan xorijiy tillarni o‘rganishning samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritadi;
-Talabalar bilimini baholash bo‘yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarinin