“Vinochilik sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi” (Vinochilik markazi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi ”Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1761-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi ”Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3573 sonli qarorlari asosida Toshkent kimyo — texnologiya instituti huzurida tashkil etilgan. O‘tgan yillar mobaynida ushbu Markazga D.O’. Turdiboyev faoliyat yuritgan.
Hozirgi kunda Vinochilik markaziga Abduraximov Akmal Xodjiakbarovich vaqtinchalik direktor vazifasini bajarmoqda.
Vinochilik markazi bevosita o‘z faoliyatini alkogolli mahsulotlarni qayta ishlovchi, ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxona hamda tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirgan holda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektoriga bo‘ysunadi.
Oziq-ovqat va alkogolli mahsulotlarni qayta ishlash, ishlab chiqarish va saqlash hamda sotishdagi texnologiyalarni, shuningdek, biotexnologiya, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha soha mutaxassislarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarini ikki tomonlama tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirish.
Suningdek, o‘quv jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash orqali taʼlim sifatini yaxshilash, muhandis-texnik va texnologlarning malakasini oshirish, ta’lim servisi xizmatlarini tashkil etish, pedagog kadrlarning bilimlari va kasbiy mahoratini aniq yo‘nalishlar (mutaxassisliklar) bo‘yicha kimyo-texnologiya sohalarining tezkor rivojlanib borishiga uyg‘unlashtirish, tizimdagi innovatsiyalarni taʼlim jarayoniga joriy qilish, pedagog mutaxassislarga tegishli sohalar bo‘yicha yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Oliy taʼlimning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshirish hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot maʼlumotnoma bazasini yaratish; xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida, shuningdek malakaviy texnologik muassasalar va respublikadagi yirik korxonalar rahbarlarini taklif etgan holda, eng avvalo, yuqori va innovatsiya texnologiyalari sohasida alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish taʼlim dasturlarini amalga oshirish; taʼlimning ishlab chiqarish bilan samarali o‘zaro hamkorligini, mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniga ko‘chma mashg‘ulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflar joriy etilishini taʼminlash; vinochilik markazida, shu jumladan ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash tuzilmalarining moddiy-texnikaviy bazasidan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv va moddiy-texnikaviy bazani yaratish; mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishda innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil taʼlim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish.