Xalqaro aloqalar bo‘limi institut va uning tarkibiy bo‘linmalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlarining xorijiy tashkilotlar, shu jumladan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, markazlari bilan hamkorlik faoliyatini tashkillashtiradi. Institut xorijiy talabalarning o'quv hamda ilmiy faoliyatini, xorijiy professor-o‘qituvchilarning tadqiqot va mehnat faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Xalqaro aloqalar bo‘limi institut va uning tarkibiy bo‘linmalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlarining xorijiy tashkilotlar, shu jumladan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, markazlari bilan hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtiradi. Institut xorijiy talabalarningo'quv hamda ilmiy faoliyatini, professor-o‘qituvchilarning tadqiqot va mehnat faoliyatini tashkillashtiradi.
-Xorijiy ta’lim muassasalari va markazlari bilan institutning hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalari loyihalarini ishlab chiqadi va ularni rasmiylashtirish yuzasidan tavsiyalar beradi;
-Xorijiy davlatlarda ta’lim olish, malaka oshirish yoki ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg‘armasi, shuningdek boshqa xalqaro va nodavlat tashkilotlari tanlovlariga nomzodlar ro‘yxatini tuzib, institut rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etadi;
-Xorijiy hamkorlar bilan ta’lim loyihalarni amalga oshirish borasida institut fakultet, kafedra va bo‘linmalariga yordam beradi;
-Xorijiy davlatlar olimlari, professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini institut ta’lim jarayoniga jalb etish hamda hamkorlikda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishiga ko‘maklashadi;
-Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarining xorijiy xizmat safarlarlarini tashkillahtiradi, safar bo’yicha hisobotlarni umumlashtiradi va institut Kengashi muhokamasiga taqdim etadi.
-Institutni xalqarolashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi va institut Kengashi muhokamasiga kiritadi;
-Xalqaro aloqalar bo'limi Institutning Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor tarkibiy tuzilmasiga kiradi.
Toshkentda Markaziy Osiyo universitetlari forumi bo‘lib o‘tdi