Xalqaro aloqalar, investitsiyalar va reyting bo‘limi institut tarkibiy tuzilmasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda institutni dunyoning eng nufuzli Times Higher Education, Quacquarelli Symonds, UI GreenMetric va boshqa xalqaro reyting tashkilotlarning “TOP-1000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritish bo‘yicha faoliyat yuritadi. Bo‘limning asosiy vazifasi — institutning xalqaro nufuzini oshirish, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro grant va loyihalarda faol ishtirok etishni ta’minlashdir.
Institutni xalqaro miqyosda tanitish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatini xalqaro standartlarga mos darajada rivojlantirishdir.
Shuningdek:
-xalqaro hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
-xorijiy ta’lim muassasalari, elchixonalar va xalqaro tashkilotlar bilan barqaror aloqalarni o‘rnatish;
-xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish;
-xalqaro reytinglarda institutning pozitsiyasini yaxshilashga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqish;
-o‘quv va ilmiy almashinuv dasturlarini rivojlantirish.
Xalqaro aloqalar, investitsiyalar va reyting bo‘limi universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro grant va loyihalarda ishtirok etishni kengaytirish, shuningdek, universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.
Bo‘lim, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro tashkilotlar bilan memorandum va kelishuvlarni tayyorlash, hamda universitetning global miqyosdagi taniluvchanligini oshirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni amalga oshiradi.