Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti Toshkent kimyo-texnologiya instituti tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, institutning halqarolashtirish va horijiy tajribaga asoslanib transformatsiya qilish jarayonlarini muvofiqlashtiradi.
Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti maqsadi - Toshkent kimyo-texnologiya institutining xalqaro ta’lim maydonida keng tanitish va xalqaro ilmiy - ta’lim makoniga integratsiya qilish, institutining xalqarolashuvi, milliy va jahon institutlari reytingida yuqori oʻrinlarni egallagan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi sifatida muvaffaqiyatli joylashishini ta’minlashdir.
Maqsadli xususiyatlar:
− xalqaro ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazi;
− talabalar umumiy sonida chet el fuqarolarining ulushi;
− shartnoma munosabatlari doirasida xorijiy oliy oʻquv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va yuqori texnologiyali korxonalar bilan faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
− professor-oʻqituvchilarning umumiy sonida xorijiy professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar ulushiga ega boʻlgan koʻp tilli ta’lim muhiti;
− xalqaro stajirovka va akademik dasturlarda ishtirok etuvchi talaba va hodimlar soni;
− keng xalqaro ishtirokida turli profildagi rezonansli tadbirlarni muntazam oʻtkazish;
− xalqaro institut tarmoqlari va uyushmalariga keng a'zolik;
− institutni dunyoning eng nufuzli Times Higher Education, Quacquarelli Symonds, UI GreenMetric va boshqa xalqaro reyting tashkilotlarning “TOP-1000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritish;
− institut va ta’lim yo’nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish.
Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti tuzilmasiga Xalqaro hamkorlik va protokol bo‘limi va Xalqaro reyting, akkreditatsiya va transformatsiya bo'limi kiradi.
Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti institut va uning tarkibiy bo‘linmalari, professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarining xorijiy davlatlar, shu jumladan xorijiy oliy ta’lim muassasalari, markazlari bilan hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek horijiy talabalar va professor-o‘qituvchilarning institutda o’quv-ilmiy va mehnat faoliyatini tashkillashtiradi.
Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining faoliyatga doir qarorlarini amalga oshirishni ta’minlash; oliy taʼlim muassasasining xalqaro hamkorlik faoliyatiga doir belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash va nazoratini olib borish, tuzilmasiga kiruvchi bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, xodimlari bo‘yicha moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini taʼminlash, intizomiy choralar qo‘llash yuzasidan takliflar kiritish; oliy taʼlim muassasasining xalqaro hamkorlik ishlarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va boshqalar uchun mas’uldir.
Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti ustuvor tartibda o’z faoliyatida quyidagi ustuvor vazifalarni belgilaydi:
1) xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ta’lim dasturlari va loyihalari, jumladan, ilmiy-tijoratlashtirish, ikkita diplomli ta’lim dasturlari va tarmoq ta’lim dasturlari sonini koʻpaytirish;
2) TKTIda tahsil olayotgan chet el fuqarolari kontingentining oʻsishini ta'minlash; ta’lim xizmatlarining xalqaro bozorida institut mavqeini mustahkamlash, shu jumladan xorijdagi yangi geografik bozorlarga chiqish;
3) fundamental va amaliy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni, shu jumladan, olimlarni oʻzaro almashish, xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma laboratoriyalar va markazlar tashkil etish orqali rivojlantirish; ilmiy-texnika vositalaridan jamoaviy foydalanish; umumiy grantlarni amalga oshirish;
4) ilmiy va pedagogik xodimlarning stajirovka, malaka oshirish, kasbiy qayta tayyorlash va boshqa shakllarda xalqaro akademik harakatchanligi dasturlari sonini kengaytirish;
5) Institutni xalqaro e’tirof etilgan QS, THE, ARWU, GreenMetric va boshqa xalqaro reytinglarni TOP 1000 talikka kirishini rejalashtirish va uni amalga oshirish.
6) Xalqaro reyting kompaniyalari uchun Institut ma’lumotlarini to’plash, tahlil qilish va talab qilingan ma’lumotlarni taqdim qilish. Ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun takliflar berish va tashabbus ko’rsatish.
7) Taqdim qilingan ma’lumotlarni doimiy yangilab turish hamda reyting kompaniyalaridagi ma’lumotlarga solishtirish va zaruriy hollarda yangilangan ma’lumotlarni reyting agentliklariga taqdim qilish.
8) Nufuzli xalqaro reyting agentliklari tomonidan tan olingan jurnallar bilan aloqalar o’rnatish.
9) Institut ilmiy xodimlari tomonidan xalqaro tan olingan jurnallarda chop etilgan maqolalar statistikasini o’rganish, tahlil qilish va xalqaro reyting kompaniyalariga taqdim qilish.
10) Institut fakultet va kafedralariga Xalqaro reyting agentligi haqida ma’lumot yetkazish va bu orqali reytingda yuqorilash uchun ularning faolliklaridan foydalanish.
11) Institut reytingida fakultet va kafedralarining tutgan o’rnini aniqlash.
12) Xalqaro reyting agentliklari tomonidan tashkil qilingan turli xil webinar, seminar va konferensiyalarda faol qatnashish.
Xalqarolashtirish va transformatsiya departamenti o‘z faoliyatini amalga oshirishda institutning barcha tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlari, kafedralari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari va markazlari bilan o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtiradi:
· Xalqaro aloqalar jarayonini ta’minlaydigan bo’limlar, institut miqyosida xalqaro hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
· Xalqaro konferensiyalar, simpozimlar va anjumanlarni tashkil etish, xalqaro loyiha va ilmiy ishlarga rahbarlik qilish, ilg’or uslubiy tajribalarni umumlashtirish va natijalarni tatbiq etish boyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
· Ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakul’tet, kafedralar tashkil etish bo’yicha takliflarni tayyorlash;
· Institutda magistratura, oliy ta’limdan keyingi ta’lim orqali yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashni ta’minlash hamda universitetning xorijiy xodimlarni o’z vaqtida ilmiy unvonlarini olishga va ixtisoslashgan kengashlarni ochishga ko’maklashish;
· Xorijiy iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish;
· Xalqaro bo’lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining mavzusini, mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha halqaro loyihalari va grantlarni muvofiqlashtirish, ilmiy anjumanlarni ot‘kazish va monitoringini olib borish;
· Xorijda va O’zbekistonda xalqaro taʼlim ko‘rgazma va simpoziumlarni tashkil etish, ularda faol ishtirok etish.