Yuriskonsult

Yurist maslahatchi–institutning faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida tashkil etilib, joriy qilinadigan mustaqil lavozim hisoblanadi. Yurist maslahatchisi bevosita institutning rahbariga bo‘ysunadi

Institutning huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida bevosita qatnashish

Radjabov Baxtiyor | tkti.uz
Katta yurist
  • Radjabov Baxtiyor
  • yuristkonsult@tkti.uz
  • +998 90 187 94 66
  • +998 90 187 94 66

 TKTI Katta yuriskonsult huquq va majburiyatlari

  1. Quyidagilar Katta yuriskonsult faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

Institut huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;

Katta yuriskonsult institut tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

Katta yuriskonsult institut qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

Katta yuriskonsult institut xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

Katta yuriskonsult shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, Institutining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.

2. Katta yuriskonsult faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1) Institut huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish sohasida:

a) Institut, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

b) Institut rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi hamda ular boʻyicha eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga Katta yuriskonsult tomonidan Institutning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;

v) jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga taʼsir etadigan institutning qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;

g) mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda institutning buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi;

d) Institut, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;

e) Institut bilan birgalikda Katta yuriskonsult tegishli tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi koʻrsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi;

j) Institut boshqaruv tizimini takomillashtirish, Institut tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

z) Institut mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;

i) Institut rahbariyatiga Institut faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;

k) Katta yuriskonsult institut xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam koʻrsatadi;

2) Katta yuriskonsult institut tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, shuningdek institutining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish sohasida:

a) Institut norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;

b) Institut vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;

v) Institut idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab chiqishda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va davlat roʻyxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etadi;

g) ekspertizadan oʻtkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;

d) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, ularga viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga Katta yuriskonsult tomonidan Institutning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;

e) tizimli ravishda institutining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni oʻtkazadi;

j) Institut faoliyati sohasida boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

i) Institutning normativ-huquqiy hujjatlar fondini toʻldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini koʻradi, Institut rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna boʻlish haqida takliflar kiritadi;

k) Institut vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlari toʻplamlarini nashr etishga tayyorlaydi;

l) Institut tizimiga kiradigan tuzilmalarning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, kelishilgan hamkorlikni taʼminlaydi;

m) Institut tizimiga kiradigan tuzilmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam koʻrsatadi, yuridik xizmat faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyanomalar va koʻrsatmalarni ishlab chiqadi;

3) Institut xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish sohasida:

a) Katta yuriskonsult institut rahbariyati uchun qonunchilik masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

b) Institut, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etadi;

v) Institut faoliyatiga tegishli qonunchilikni targʻib qilish ishlarini amalga oshiradi;

g) zudlik bilan Katta yuriskonsult axborot xizmatiga institut veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritadi;

d) Institut xodimlarining murojaatlari boʻyicha ularga institut faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga koʻmaklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;

e) qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi maʼlumotlarni, sud amaliyotini, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli koʻrsatmalarini institut tizimiga kiradigan tuzilmalarga yetkazadi;

4) Katta yuriskonsult shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, institutning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash sohasida:

a) Institut, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradi;

b) boshqa tuzilmalar bilan birgalikda, institut tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga Katta yuriskonsult tomonidan Institutning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;

v) shartnomalarni tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

g) Institut tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish boʻyicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

d) Institut manfaatlarini himoya qilish boʻyicha talabnomalar tayyorlashda institutga nisbatan bildirilgan talabnomalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadi, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

ye) tegishli tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini oʻrganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini koʻradi;

j) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan daʼvo ishlarini olib boradi;

z) Institut mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;

i) mulkni saqlash masalalari boʻyicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;

k) boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotida mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;

l) moddiy boyliklar va pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiisteʼmollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari boʻyicha huquqiy xulosalar beradi.

Katta yuriskonsult Institut qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

5. Katta yuriskonsult ushbu Nizomda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

document