1111111111111111 | ||
---|---|---|
Imtiyoz haqida |
Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-6155-son Farmoni bilan yoshlar uchun taʼlim sohasida bir qator kafolatlar belgilangan. Jumladan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj talabalarni himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy adolat tamoyilini taʼminlash maqsadida: o oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foizga oshirish; o ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari soni 2 baravarga oshirish; o xususiy oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga davlat granti berish tizimi joriy etish; o oliy taʼlim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga taʼlim krediti berish va talaba tomonidan ushbu kreditni o‘qish davri tugagandan so‘ng qaytarish tartibi belgilangan. Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun nomzodlarning yoshi chegaralanmagan.
Imtiyoz yuzasidan batafsil maʼlumot olish havolalar: Maxsus qonun hujjati: https://lex.uz/docs/5260791 Sayt: https://www.mf.uz/ Tel: (998 71) 203-00-50 |
|
Mas’ul tashkilot | Moliya vazirligi Markaziy bank Tijorat banklari | |
Kimlar uchun ? |
Taʼlim kreditlari oliy taʼlim tashkilotlarining kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi. Biroq, taʼlim kreditlari chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qolaversa, taʼlim kreditlari tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ajratilmaydi |
|
Imtiyozni taqdim etish tartibi va muddatlari |
Talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi Vazirlar Mahkamasining 18.08.2021 yildagi 527-son qarori bilan belgilandi. Mazkur qaror bilan Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Nizomga ko‘ra, taʼlim kreditlari oliy taʼlim tashkilotlarining kunduzgi taʼlim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi. Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin. Taʼlim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng 7-chi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Taʼlim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: - ariza; - to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; - taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; - “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun); - birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot. Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Taʼlim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi. Taʼlim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi. Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, taʼlim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda yesa taʼlim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi. Taʼlim kreditini ajratishning qayd etilgan tartibi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Qolaversa, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilmaydi. Chunonchi, 2021-2022 o‘quv yilida to‘lov kontrakt asosida tahsil oluvchi talabalar taʼlim krediti ajratuvchi banklarga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin: Milliy bank, tel.: (78) 148-00-10; Xalq banki, tel.: (71) 210-20-02; Sanoatqurilishbank, tel.: (71) 200-43-43; Qishloqqurilishbank, tel.: 1254; (78) 150-00-55; Asakabank, tel.: 1152; Xamkorbank, tel.: 1256; Agrobank, tel.: 1216; Turon bank, tel.: 1220; (95) 144-60-00; Ipoteka bank, tel.: (78) 150-11-22; Mikrokreditbank, tel.: 1285, (71) 207-46-52; Oriyent Finans bank, tel.: (71) 200-88-99. |
|
Huquqiy asos |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ва aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-6155-son Farmoni |
|
Aloqa ma’lumotlari |
Markaziy bank, sayt: cbu.uz / tel.: (+998 71) 212-62-05; Milliy bank, tel.: (78) 148-00-10; Xalq banki, tel.: (71) 210-20-02; Sanoatqurilishbank, tel.: (71) 200-43-43; Qishloqqurilishbank, tel.: 1254; (78) 150-00-55; Asakabank, tel.: 1152; Xamkorbank, tel.: 1256; Agrobank, tel.: 1216; Turon bank, tel.: 1220; (95) 144-60-00; Ipoteka bank, tel.: (78) 150-11-22; Mikrokreditbank, tel.: 1285, (71) 207-46-52 |