Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (solod, pivo va alkogolsiz ichimliklar)

70720101 - Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (solod, pivo va alkogolsiz ichimliklar) magistr mutaxasisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 24 kredit, bir o‘quv yilida 48 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, magistr dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

70720101 - Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (solod, pivo va alkogolsiz ichimliklar) magistr mutaxasisligida   “Oshpazlar uyushmasi”, “Marwin Brands” MCHJ korxonalari bilan o’zaro mustahkam aloqalar o’rnatilgan bo’lib, korxonalarda mavjud muammolarga yechim topish maqsadida ilmiy yo’nalishlar olib borilmoqda. Magistratura talabalariga korxonalardagi mavjud muammolarga asoslangan dissertatsiya mavzulari berilgan, ular asosan, mahalliy xom ashyo asosida yangi funksional bolalar mahsulotlari, biologik tabiiy faol qo’shimchalar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishga hamda funksional ovqatlanish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (solod, pivo va alkogolsiz ichimliklar)

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 7771270 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 129521 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998996901579
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998996901579
  • E-Pochta: euotek@tkti.uz
  • Manzil: Qibray tumani, ToshIES qo'rg'oni, Farovon mahallasi, 1-uy

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Solod va pivo texnologiyasi Ko'rish
  • Solod va pivo texnologiyasi
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/ Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot
  • Solod, pivo va alkogholsiz ichimliklar biokimyosi Ko'rish
  • Solod, pivo va alkogholsiz ichimliklar biokimyosi
  • Alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi Ko'rish
  • Alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi
  • Solod, pivo va alkogholsiz ichimliklar korxonalari jihozlari Ko'rish
  • Solod, pivo va alkogholsiz ichimliklar korxonalari jihozlari
  • Tanlov fanlar: Bijg'ish mahsulotlari sifatini tadqiq qilishning zamonaviy usullari/ Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Bijg'ish mahsulotlari sifatini tadqiq qilishning zamonaviy usullari/
  • Tanlov fanlar: Bijg'ish mahsulotlari ishlab chiqarishning biokatalik asoslari Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Bijg'ish mahsulotlari ishlab chiqarishning biokatalik asoslari

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (solod, pivo va alkogolsiz ichimliklar) mutaxassisligiga oid nazariy, amaliy, ilmiy tadqiqot metodologiyasi, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi tamoyillarini tushuntira oladi;
  • Eksprimentni rejalashtirish, modellashtirish va loyihalash tizimlarini tamoyillarini tavsiflay oladi va ularni solod, pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasida qо‘llanilishini tushuntira oladi;
  • Solod, pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari va tushunchalarini tushuntira oladi, vino va spirt ishlab chiqarishda zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarini tushuna oladi, mahsulot ishlab chiqarish asoslarini biladi, sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar tushunchalarini tavsiflay oladi;
  • Solod, pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish texnologiyasining asosiy nazariy jihatlari va tushunchalarini tavsiflay oladi va mahsulotlar (vino, spirt) ishlab chiqarish malakasiga ega;
  • Kengroq multidisiplinar kontekstni tushuntira oladi va boshqa texnologiyalarning usullari va jarayonlarini qо‘llay oladi; solod, pivo va alkogolsiz ichimliklar sanoati jarayonlarini tushuntira oladi.