Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

70412501-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistr mutaxasisligida ta’lim oluvchi bir semestrda 24 kredit, bir o‘quv yilida 48 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, magistr dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.

70412501-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) magistr mutaxasisligida O‘zbekiston kimyo va oziq ovqat sanoati korxonalari bilan o’zaro mustahkam aloqalar o’rnatilgan bo’lib, korxonalarda mavjud boshqaruv tizimi, personalni boshqarish, zamonaviy menejment usullari va mexanizmlarini qo'llash, yuzasidan muammolarga yechim topish maqsadida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Magistratura talabalariga korxonalardagi mavjud muammolarga asoslangan dissertatsiya mavzulari berilgan, ular asosan, korxonadagi mavjud marketing tizimi kamchiliklarini tahlil qilib, ularni takomillashtirish, zamoniviy menejment maktablari tomonidan tavsiya etilgan menejment usullarini joriy etish, mahsulotlar raqobatdardoshligini hamda eksport salohiyatini yanada oshirishga ko‘maklashishga yo’naltirilgan.

Magistratura ta'lim dasturi haqida
Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

Magistraturaga kirish talablari

O‘qish to‘lovi haqida:

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.

Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.

Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.

  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 yillik kontrakt miqdori 10488590 so'm
  • Magistratura yo'nalishi uchun 1 kredit miqdori 174809 so'm

Moliyaviy imtiyoz
  • Bog'lanish
  • Telefon raqam: +998977719780
  • Qo'shimcha Telefon raqam: +998977719780
  • E-Pochta: simk@tkti.uz
  • Manzil: Toshkent, Samarqand Darvoza ko’chasi, 60-uy

Semestrlar bo'yicha o'quv dasturi moduli

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Ko'rish
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi Ko'rish
  • Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
  • Eksperimentni rejalashtirish Ko'rish
  • Eksperimentni rejalashtirish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari Ko'rish
  • Modellashtirish va loyihalash tizimlari
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari Ko'rish
  • Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar Ko'rish
  • Sanoat texnologiyalari va innovatsiyalar
  • Savdo marketingi Ko'rish
  • Savdo marketingi
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/ Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Loyiha boshqaruvi/
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot Ko'rish
  • Tanlov fanlar: Yashil iqtisodiyot
  • Xizmatlar marketingi Ko'rish
  • Xizmatlar marketingi
  • Xalqaro marketing strategiyasi Ko'rish
  • Xalqaro marketing strategiyasi
  • Raqobat strategiyasi Ko'rish
  • Raqobat strategiyasi
  • Innovatsion marketing Ko'rish
  • Innovatsion marketing
  • Marketing tadqiqotlari Ko'rish
  • Marketing tadqiqotlari

Qachonki o'qishni bitirganingizda

Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • Marketinga oid fanlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi raqamli marketing fanlarni o’rganadi;
  • Tarmoqlar va sohalar korxonalari, tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarida marketing faoliyatini tashkil etishga oid tushunchalarni o’rganadi va tadbiq etadi;
  • Ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishda marketing faoliyatini tashkil etish, bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholashni bajaradi;
  • Korxona va kompaniyalarda marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish; korxonada marketing loyihalarni rejalashtirish va boshqarishmarketing bo’limini tarkibiy  tuzilishining optimal variantlarini tanlash, kompaniya, korxonalarda marketing boshqaruv tizimini loyihalashtirish kabi bilam va ko’nikmaga ega bo’ladi.