60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi (Oziq-ovqat xavfsizligi) ta’lim yo’nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o’quv yilida 60 kredit to’plashi zarur. O’qish muddati 4 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 240 kredit to’lashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.
60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi (Oziq-ovqat xavfsizligi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – “TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI DUK”, “AGROKIMYO” MCHJ korxonalari bilan o’zaro mustahkam aloqalar o’rnatilgan bo’lib, korxonalarda mavjud muammolarga yechim topish maqsadida ilmiy yo’nalishlar olib borilmoqda. Magistratura talabalariga korxonalardagi mavjud muammolarga asoslangan dissertatsiya mavzulari berilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi, ishlab chiqarishda texnik kimyoviy, sanitariya nazoratlari me’yoriy hujjatlar bilan ishlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini tekshirish usullari o’rgatiladi va zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta ishlash hamda chiqitsiz texnologiyalar xavfsizligini oshirishga yo’naltirilgan.
Kunduzgi ta'lim dasturi haqidaBelgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 15-sentabrgacha yoki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha to‘lashi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini 1-oktabrgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatgacha to‘lashiga ruxsat berildi.
Belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi mumkin.
Xorijiy fuqarolar to‘lovlarni oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshirishi kerak.
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati va miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan va qolgan qismi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilangan muddatlargacha amalga oshiriladi.
Sizning bilimingiz va amaliy ko'nikmalaringiz sizga quyidagilarga imkon beradi: