Toshkent kimyo-texnologiya institutida jami 122 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar, talaba magistrant va doktorantlarni ilg’or horijiy universitet va ilmiy-tadqiqot institutlarida xizmat safarlari va akademik almashinish tashkil etildi, shu jumladan:
Malaka oshirish, stajirovka, o‘quv kurslariga yuborilgan - 35 nafar;
Bakalavriat, magistraturada o‘qish uchun - 65 nafar.
Malaka oshirgan va stajirovka o‘tagan xodimlarni xorijiy safar xisobotlari 3 kun davomida institut xalqaro aloqalar bo‘limiga taqdim etiladi, kafedra va fakultet kengashlarida orttirilgan tajriba keng muxokama etiladi. tegishli xisobotlar grant mablag‘lari taqdim etgan tashkilotlarga o‘z vaqtida taqdim etilgan.
2022 yildagi TKTI xodimlari xorijiy tashriflari va stajirovkalari:
16.01.2022 y. - 23.01.2022 yil kunlari institut rektori Usmonov B.Sh. Rossiya Federatsiyasining D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetiga xizmat safariga yuborildi. Natijada 17-21 yanvar kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti (TKTI) rektori Botir Usmonov, “O‘zkimyosanoat” AJ bo‘lim boshlig‘i Vohid Aripov va Rossiya kimyo texnologiya universiteti Toshkent filiali direktori vazifasini bajaruvchi Botir Nurmatovdan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya kimyo texnologiya universitetining o‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini tashkil etish bilan tanishib, RXTU rahbariyati bilan birgalikda 2022 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi tuzildi. Tashrif natijasida xamkorlikda 2022 yil aprel-may oylarida “Kimyo xaftaligi” tashkil etish rejalari muxokama etildi va 2022 yilning 26-29 may kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Barqaror rivojlanishda fundamental fanlar Xalqaro yili” (YuNESKO) doirasida “Kimyo-barqaror rivojlanish uchun” xalqaro ilmiy-texnikaviy haftaligi o‘tkazildi. 26-29 may kunlari “Barqaror rivojlanishda fundamental fanlar Xalqaro yili” (YuNESKO) doirasida “Kimyo-barqaror rivojlanish uchun” xalqaro ilmiy haftaligi bo‘lib o‘tdi. Haftalik doirasida: “Shisha, keramika va bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari” xalqaro konferensiyasi; “Yosh kimyogarlar tanlovi” respublika kimyo olimpiadasi; “Yosh olimlar” xalqaro forumi; Kimyogar olimlar ishtirokida seminarlar, Master klasslar o‘tkazildi. Ilmiy haftalikka 50 ga yaqin xalqaro mehmonlar tashrif buyurishdi, tadbirlar “Uzkimyosanoat” AJ, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali tomonidan tashkillashtirildi.
Turkiya: 27.03.2022 y. -30.03.2022 yil kunlari “Yevropa va Markaziy Osiyo oziq-ovqat yo‘nalishi mavjud bo‘lgan universitetlar bilan hamkorlik aloqalarni o‘rnatish” doirasida GIZ xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan PECA loyihasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirida ishtirok etish uchun institutning rektori Usmonov B.Sh. OOMT kafedrasi mudiri Ro‘ziboev A. T. va OOMT kafedrasi prof. Djaxangirova G.Z. xizmat safariga yuborildi (GIZ tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan). Natijada TKTI jamoasining Turkiya Respublikasining Istanbul shaxriga bo‘lgan xizmat safarlari samarali va sermahsul bo‘ldi, safar natijasida turli darajadagi 4 ta hamkorlik shartnomalari imzolandi. Tadbirga Markaziy Osiyo davlatlaridan 8 ta va Yevropa ittifoqi davlatlaridan 4 ta oliy ta’lim muassasalarining delegatsiyalari tashrif buyurdi. TKTI-Latviya tabiiy fanlar universiteti o‘rtasida Oziq-ovqat ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha "Qo‘shma bakalavriat va magistratura" dasturlari ochishga oid Memorandum imzolandi. TKTI rektori va Koimbra qishloq xo‘jaligi oliy maktabi prezidenti tomonidan o‘zaro xamkorlik memorandumini imzolash marosimi o‘tkazildi. Safar davridagi vaqtdan unumli foydalangan holda TKTI jamoasi Istanbul Aydin universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrifda instituti rektori B.Sh. Usmonov Aydin universitetining rektori Yadigar Izmirli va prorektor Zafar Arslan bilan uchrashdi. Uchrashuv do‘stona va samimiy ruxda o‘tdi. Tomonlar o‘zaro keng qamrovli ilmiy va akademik hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi. So‘ng ikki oliy ta’lim muassasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. TKTI jamoasi Oziq-ovqat kafedrasining o‘quv va laboratoriya xonalari bilan tanishtirildi.
TKTI jamoasi Turkiyada faoliyat yurituvchi EURAS Yevroosiyo universitetlar uyushmasi vakillari bilan muloqot olib bordi. Muloqot davrida uyushma vakillari tomonidan EURAS faoliyati haqida umumiy ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng TKTI rektori tomonidan EURAS uyushmasiga a’zolik shartnomasi imzolandi va TKTI O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ushbu uyushmaga a’zo bo‘lgan birinchi oliy ta’lim muassasi bo‘ldi.
08.12.2022 y. – 17.12.2022 yil kunlari Vengriyaning Debretsen universitetiga, Italiyaning Piza Universitetiga, Germaniyaning Zigen universitetlariga ishchi guruh a’zosi sifatida institut rektori B.Sh.Usmonov xizmat safariga yuborildi. Natijada Debretsen universiteti bilan uchrashuv davomida O‘zkimyosanoat va TKTI delegatsiyasi O‘zbekiston kimyo va gaz-kimyo sanoati uchun oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish va malakali mutaxassislar tayyorlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Tomonlar ilmiy klaster hududida Debretsen universiteti filialini tashkil etish hamda kimyo muhandisligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavriat va magistratura dasturlarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga oid masalalarni muhokama qildilar. Xorijiy oliy ta’lim muassasasi tomonidan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish va tayyorlik bildirildi.
Milan davlat universiteti vakillari bilan uchrashuvda ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini hamda almashinuv dasturlari va o‘quv dasturlarini tashkil etish imkoniyatlarini, shu jumladan Debrecen universiteti bilan birgalikda, ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 15 dekabr kuni Piza universiteti bilan muzokaralar natijasida O‘zbekiston tomoni kimyo sanoati sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar, shuningdek, malakali mutaxassislarni tayyorlash zaruriyati haqida ma’lumot berdi. O‘z navbatida Piza universiteti vakillari ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar ta’lim sohasida va bakalavriat talabalarini tayyorlash dasturini ishlab chiqish, shuningdek, keyingi bosqichlarda magistraturani tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish. Bundan tashqari, Italiya universiteti O‘zbekiston hududida o‘quv dasturini tashkil etish uchun universitetda o‘qituvchilar tarkibini kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni moliyaviy xarajatlarni optimallashtirish va malakali nomzodlarni tanlash jarayonini tezlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo mintaqasidan, jumladan, professor-o‘qituvchilarni jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi, lekin Piza universiteti hukumatdan, shu jumladan Italiya Ta’lim vazirligidan ruxsat olishi uchun 6-8 oygacha vaqt talab etilishi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni barcha zarur tartib-qoidalardan o‘tish jarayonida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Muzokaralar davomida tomonlar ushbu loyihani amalga oshirish uchun o‘quv rejasini tasdiqlash, mezon va pedagogik xodimlar sonini aniqlash, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish va keyinchalik zarur ruxsatnomalarni olish uchun loyiha biznes-rejasini ishlab chiqish zarurligini aniqladilar.
21.02.2022 y. - 28.02.2022 yil kunlari Qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish maqsadida Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti, Polosk davlat universiteti, Belorussiya davlat oziq-ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti, Belorusssiya davlat texnologiya universitetlariga institutning 2 nafar xodimi - Shernaev A.N., Abdullaev A.Sh. Belorus Respublikasiga xizmat safariga yuborildi. Natijada Polosk davlat universiteti bilan TKTIning o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandumi imzolangan va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv shartnomasi imzoga tayyorlandi.
25.08.2022-1.09.2022 qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha 2 kursni yakunlagan bakalavriat va 1 kursni yakunlagan magistartura talabalarini o‘qishlarini Belorussiyaning Mogilyov shahrida davom ettirishda talabalarga hamrohlik qilish uchun institutning 2 nafar xodimi Shernaev A, Razakova L. xizmat safariga yuborildi.
Natijada TKTI-Belorussiya universitetlari qo‘shma o‘quv dasturlarida o‘qiyotgan 55 nafar talaba xujjatlari to‘liq rasmiylashtirildi, ular Belorussiya universitetlariga olib borildi va xamkor universitetda o‘qish muvoffaqiyatli tashkil etildi.
02.07.2022-15.07.2022 yil kunlari AGH Fan va texnologiya universitetida 8 soat dars berish, Xalqaro Simpoziumda ishtirok etish uchun Z.A.Babaxanova, Aripova M.X. , Erkinov F.lar xizmat safariga yuborildi. Natijada Xalqaro Simpozium davomida TKTIda SMKNMT kafedrasida amalga oshirilgan ilmiy ishlar natijalari 2 taqdimot bilan qatnashildi va keng xalqaro jamoaga institut xaqida ma’lumotlar berildi. AGH Fan va texnologiya universitetida keramika kafedrasi bilan xamkorlik aloqlari o‘rnatildi, AGH universiteti mexatronika va robototexnika kafedrasi faoliyati bilan tanishildi, Texnoparkda mexanika va robototexnika bo‘yicha fakultativ yoshlar to‘garagi faoliyati bilan tanishdi. Mexatronika va robototexnika kafedrasi xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi, TCTI talabalarining AGH universitetida tashkil etilgan xalqaro dasturlar va amaliyotlarda ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha koordinatorning tashrif dasturlari prof. Yacek Cieslik 2022 yil iyul oyida TKTIga kelishi va seminarlar o‘tkazilishi reja qilindi (iyul oyida amalga oshirildi), xamda “Spinaker” NAWA dasturi bo‘yicha TKTIning SMNKMT kafedrasining 4 nafar talabalariga grant mablag‘lari ajratildi (institutning 4 nafar talabalari “Spinaker” NAWA dasturi doirasida 2022 yil noyabr oyida 14 kunlik qishki o‘quv kurslarida ishtirok etdilar.). Tashrif natijalariga ko‘ra 23.07.2022 – 30.07.2022 yil kunlari Pol’shaning AGH fan va texnologiyalar universiteti professori, PhD Jacek Cieslik “Silikat materiallar texnologiyasi,nodir va kamyob metallar texnologiyasi” kafedrasi doktorant va professor-o‘qituvchilari uchun 8 soat master-klass va seminar tashkil etildi. 08.12.2022-18.12.2022 yil AHG Fan va texnologiya qishki halqaro maktabida akademik almashinuv asosida o‘qish uchun 4 nafar talabalari Nig‘matjonov M.K.. Obidov F.F.. Oralbaeva S.K. Kadirniyazova Sh.A. “Spinaker” NAWA dasturi doirasida 14 kunlik qishki o‘quv kurslarida o‘qish uchun xorijiy safariga yuborildi.
01.09.2018 y. - 01.09.2021 y. kunlari Abduraxmonov O.E. (El yurt umidi fondi tomonidan moliyalashtirilgan). Rossiya kimyo texnologiya universitetiga, 4-yil aspirantura (PhD) sini tamomlab, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab kelishi uchun xizmat safariga yuborildi. Xozirgi vaqtda Abduraxmonov O.E. institutning SMNKMT kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
13.06.2022 y. -16.06.2022 kunlari Ostim texnika universitetida GIZ (Germaniya) o‘quv treningda qatnashish uchun institutning 2 nafar xodimlari Shernaev A. N., Mardonov N.R. xizmat safariga yuborildi (GIZ tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan). Uchrashuvda TKTI va OSTIM texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolandi, msemorandum doirasida OSTIM texnika universiteti bilan TKTI o‘rtasida 2+2, 1+1 ta’lim shakllari doirasida zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash bo‘yicha shartnoma ham imzolandi. OSTİM ishlab chiqarish zonasi korxonalariga sayohat uyushtirildi.
03.10.2022 - 08.10.2022 yil kunlari institutning SMNKMT kafedrasi mudiri prof. Aripova M.X. Turkiyaning chinni korxonalari faoliyatini o‘rganish uchun xorijiy xizmat safariga yuborildi. Ishlab chiqarish korxonalari va TKTI jamoasining Turkiya Respublikasiga bo‘lgan xizmat safarlari samarali va sermahsul bo‘ldi. Safar natijasida korxoanalar o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Turkiyaning Kutaxya “Porselen” chinni ishlab chiqarish korxonasi raxbariyati O‘zbekiston chinni ishlab chiqarish bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent shahriga 17 oktabr kuni tashrifi reja qilindi.
15.08.2022-17.08.2022 yil kunlari Aripova G.Sh, Usmonov R.B. Turkiya davlatiga xorijiy xizmat safariga yuborildi (GIZ tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan). Natijada: Germaniyaning Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) tashkiloti bilan hamkorlikda “Professional Education for Economic Growth Sectors in Central Asia” dasturi doirasida Qirg‘iz davlat texnika universiteti bilan xamkorlikda “Tandem. Oziq-ovqat Cozdanie instutatsionalnыx form kooperativnogo vыsshego obrazovaniya v sfere piщevыx texnologiy” loyihasi rejalari muxokama etildi va amalga oshirish uchun moliyaviy shartlari aniqlandi. Loyixa qiymati (2022-2023 y.y. uchun) - 85 080 898,00 UZS.
Qozog‘iston Respublikasi: 20.07.2022-21.07.2022 kunlari “Markaziy Osiyoda iqtisodiyot sektorlari uchun kasbiy ta’lim” seminarida ishtirok etish uchun institut 2 nafar xodimi Djaxongirova G, Aripova G xorijiy safarga yuborildi (GIZ tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan). Natijada Germaniyaning Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) tashkiloti bilan hamkorlikda “Professional Education for Economic Growth Sectors in Central Asia” dasturi doirasida “Oziq-ovqat sohasidagi amaliy tadqiqotlar” loyihasi rejalari muxokama etildi va amalga oshirish uchun moliyaviy shartlari aniqlandi. Loyiha bajarilish muddati – 2022-2023 y. Loyixa qiymati -32 900 000,00 UZS.
23.11.2022-28.11.2022 yil kunlari Xo‘jamshukurov N.A. "Integral universiteti hamkorligida o‘tkazilayotgan “Oziq-ovqat texnologiyasidagi tendensiyalar va inovatsiyalar bo‘yicha xalqaro konferensiya”sida ishtirok etish uchun Hindistonga yuborildi. Konferensiyaning 2022 yil 24 noyabr kunida bo‘lib o‘tgan seksiyalar bo‘yicha ma’ruzalar taqdimotida «Plant genetic resources of Uzbekistan and their prospects» mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etildi. Mazkur xalqaro konferensiyaning seksiyalar bo‘yicha o‘tkazilgan ma’ruzalar taqdimotida ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etildi. Shuningdek, mazkur maqolalar taqdimotida tadqiqotchilar o‘rtasida o‘tkazilgan «Eng yaxshi ilmiy tadqiqot ishi» tanlovida xorijiy ekspert sifatida N.Xujamshukurov ishtirok etdi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi “Oliy ta’lim muassasalari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazi” bilan Integral Universiteti o‘rtasidagi har tomonlama manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandium imzolandi. Shuningdek, TKTI ning hamkor tashkilotlari hisoblangan O‘zR FA Mikrobiologiya instituti hamda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot institutlari bilan Integral Universiteti bilan har tomonlama manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandium imzolandi.
Shuningdek, Integral universiteti rektor o‘rinbosari Dr. Sed Nadeem Akhtar hamda Integral universiteti fakultet dekanlari ishtirokida o‘zaro talabalar almashinuvi, akademik almashinuv, ikki tomonlama amaliyotlarni tashkil etish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Mazkur masalada pandemiya jarayoni to‘liq tugagandan keyin talabalar, magistrantlar va doktorantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
28.11.2022 – 5.12.2022 yil kunlari institutning 3 nafar hodimi Babaxanova Z.A, "Shernaev A.N., Rustambekova F. Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universitetiga "Institut hodimi “International staff week”da ishtirok etish, va hamkorlikda qo‘shma loyihalarni muhokama etish uchun Latviyaga xorijiy xizmat safariga yuborildi. Natijada Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti bilan ikki tomonlama diplom berish uchun qo‘shma o‘quv reja imzolandi va 2022-2023 o‘quv yilida o‘qishga qabul amalga oshirildi.