Haqida
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti institutning asosiy tayanch fakultetlaridan biri sanaladi. Oziq-ovqat sanoatining turli tarmoqlari uchun muhandis-texnolog xodimlar tayyorlash, dastlab 1940 yilda, O‘rta Osiyo Politexnika instituti xozirgi I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining kimyo-texnologiya fakultetida amalga oshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 5-maydagi PQ-103 farmoniga binoan Toshkent Kimyo-texnologiya instituti, Toshkent Politexnika instituti (hozirgi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti)ning Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalari fakultetlari asosida tashkil etildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi bo‘yicha Respublikamiz va MDH davlatlari uchun oziq-ovqat sanoatining yetuk muhandis-texnolog kadrlar tayyorlash dastlab 1940-yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ularning ikkilamchi xomashyolari asosida quyidagi yo‘nalishlarda:
-don, non, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni asoslarini o‘rganish;
-o‘simlik moylarini katalitik modifikatsiyalash;
-qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qurutish, sharbat, konserva, bolalar ovqati va kontsentratlarini, xavfsizligini va olishning texnologiyalarini yaratish;-
-ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;
-yog‘lar, efir moylari, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini yangi turlarini kashf qilish hamda ishlab chiqarishni o‘rganish
Maqsadi
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakultet professor-o‘qituvchilari yangi va siyosiy munosabatlar sharoitida mustaqil va har tomonlama kamol topgan yuqori malakali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha, yog‘-moy mahsulotlarini, don va don mahsulotlarini, non, makaron va qandolat mahsulotlarini, go‘sht-sut mahsulotlarini, konserva mahsuloltarini qayta ishlash texnologiyasi, funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi, yog‘lar, efir moylari, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini, oziq-ovqatva qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xavfsizligi, kimyo, neft-kimyo va oziq-ovqat sanoatining texnologik jarayonlari, Respublikamiz hamda MDH davlatlarining ishlab chiqarish korxonalari uchun ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarga xalqaro standart talablari asosida ta’lim va tarbiya berishdek faol xizmat qilmoqdalar.